So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  80 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

“Xuaxin-Jizzax”ning maqsadi, tarkibga chaqirilgan futzalchilar xususida Oybek Abdurahmonov nima dedi? Yangiliklar

“Xuaxin-Jizzax”ning maqsadi, tarkibga chaqirilgan futzalchilar xususida Oybek Abdurahmonov nima dedi?

9 oktyabr kuni Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasining navbatdagi mavsumiga start beriladi.

Jizzax viloyatining “Xuaxin-Jizzax” klubi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Klub transfer oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish uchun ko'plab yuqori ijrochilar bilan shartnoma imzoladi. Xo'sh, klub o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ymoqda? Bu haqda klub sport direktori Oybek Abdurahmonov bilan suhbatlashdik.

- Biz mavsumga tayyorgarlikni 5 avgust kunidan boshlab Jizzaxda boshladik, - deya gap boshladi Abdurahmonov. Asosiy tarkibning 9 nafar futzalchisi terma jamoa ixtiyorida bo'lgani tufayli mahalliy o'yinchilar bilan shug'ullanib turdik. CHempionat o'yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va bosqichma-bosqich o'yin uslubimizni shakllantirib bordik. Tarkibimizda sezilarli o'zgarishlar yuz bergan

- Selekciya ishlaridan qoniqish hosil qildingizmi?
- Albatta. Selekciya ishlaridan to'liq qoniqish hosil qildik. Tarkibga AGMKdan Davron CHoriev, Ilhom Hamroev, Ixtiyor Ropiev, Anasxon Rahmatov, Husniddin Nishonov, “Paxtakor”dan Farhod Abdumavlonov, “Metallurg”dan Xunshur Erkinov, “Maksam-CHirchiq”dan Elbek To'lqinovlarni taklif qildik. Bu yigitlar bilan kelishuvga erishish jarayoni qiyin kechgani yo'q. Biz oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz.

- Terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ham “Xuaxin-Jizzax”da ish boshladi. Ahmedovni taklif qilish jarayonida qiyinchiliklar kuzatilmadimi?
- To'g'risi, Ahmedov bilan kelishuvga erishish oson kechgani yo'q. Lekin viloyatimiz hokimi Ergash Alibekovich Salievning shaxsan o'zlari Bahodir Ahmedov bilan muzokara o'tkazdi. SHu inson tufayli kelishuvga erishdik. Taklifimizga rad qilmasdan rozi bo'lgan Bahodir akaga minnatdorchilik bildiramiz.

- Klubning asosiy maqsadi qanday?
- Faqat va faqat chempionlik uchun kurashamiz. SHu orqali Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olib, kelgusi yilda ushbu turnirda ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Bu yo'lda klubimiz rahbariyati – xususan viloyat hokimi, xuaxin cement zavodi barcha sharoitlarni yaratib bergan. Klub nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика