So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

“Xotira-79”dagi vaziyatga kim javob beradi?! Yangiliklar

“Xotira-79”dagi vaziyatga kim javob beradi?!

Teglar :  Xotira-79
Bir necha yillardan buyon PRO-Ligada ishtirok etib kelayotgan “Xotira-79” jamoasidagi vaziyat kun sayin salbiy ko'rinish ola boshladi.

Namangan viloyati, Uychi tumani jamoasida tayinli rahbariyat va bosh murabbiyning yo'qligi mahalliy muxlislarni chuqur iztirobga solmoqda. Xabaringiz bo'lsa kerak, yil boshida “Xotira-79” jamoasi bosh murabbiy sifatida Nozim Mullaoxunovni ro'yxatdan o'tkazgandi. Ammo keyinchalik murabbiy u erda uzoq vaqt ishlamadi va jamoa lagerini tark etdi. So'ngra rahbariyat boshqaruv postiga bungacha erkaklar futbolida bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rmagan Naufal Boboevni olib keldi. Naufal Baxtiyorovich murabbiy sifatida “Bunyodkor” ayollar jamoasini boshqargandi. Erkaklar futbolida yosh mutaxassis o'zini ko'rsatish uchun astoydil eng shimarib ishga kirishgandi. Biroq jamoa ichidagi muhit Boboevni ham Uychida uzoq ishlay olmasligini ko'rsatib berdi.

Rahbariyat bo'shab qolgan postga yana Mullaoxunovni qaytarishni lozim topdi. Biroq murabbiyning ikkinchi qaytishi 2ta o'yingacha bo'ldi. Sababi ushbu murabbiy yana jamoaga bormay qo'ygan.

Jamoa futbolchilari bilan bog'langanimizda, oylik maosh tugul na yotoq, na ovqatlanish uchun sharoit borligini takidlab o'tishdi. Futbolchilar o'yin kuni to'g'ri stadionda yig'iladi va to'rtta to'pni olib, biroz “kvadrat” o'ynab, o'yinga kirishib ketadi. “Xotira-79”da o'zi bittagina murabbiy bor edi. Hozir shu ham yo'q. Futbolchilar o'yinlarga murabbiysiz tushmoqda. Rahbariyatda birgina ijrochi sifatida Ilhom Otavaliev qolgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Xotira-79”dagi vaziyatdan o'zingiz uchun xulosa chiqarib olish qiyin bo'lmasa kerak. Ko'ramiz, bu holat qachongacha davom etar ekan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика