So’nggi yangiliklar

03:11АПЛ. МЮ икки марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  0 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7

"Paxtakor-79" fojiasiga 46 yil to'ldi Yangiliklar

"Paxtakor-79" fojiasiga 46 yil to'ldi

Teglar :  Paxtakor-79
1979 yilning 11 avgust sanasi o'zbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qo'yilgan.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo'yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o'tgan. Shu lahzada Toshkent-Gurev-Doneck-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to'qnashib ketdi. Fojia erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo'lgan 178 kishi halok bo'ldi. Ular orasida o'sha vaqtda o'zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo'lgan.

Halokat to'g'risida birinchi bo'lib o'sha payt havoda bo'lgan AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: «Kurilovka hududida qulayotgan samolyot qismlari ko'zga tashlanmoqda. Menimcha, bu TU-134 parchalari».

Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to'nashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo'ldi.

Ushbu halokatdan juda ko'pchilik o'zini yo'qotib qo'ygan. Chunki o'sha mavsumda «Paxtakor» ishonchli o'yin ko'rsatib, yuqori o'rinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. Hatto, bazi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida Evrokuboklarda o'ynashi mumkinligi to'g'risida taxmin qilayotgandi.

Samoda halok bo'lgan o'yinchi va jamoa azolarining ro'yxati mazkur insonlardan iborat:
Idgay Borisovich Tazetdinov  13.01.1933 Murabbiy
Vladimir Vasilevich Chumakov  08.12.1932 Shifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Mamur
Mixail Ivanovich An   19.11.1952 Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov  05.01.1956 Hujumchi
Olim Masolievich Ashirov   25.01.1955 Himoyachi
Ravil Rustamovich Agishev   14.03.1959 Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi
Yuriy Timofeevich Zagumennix  07.06.1947 Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov  04.05.1949 Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov  25.04.1953 Himoyachi
Vladimir Vasilevich Makarov  09.03.1947 Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon
Viktor Nikolaevich Churkin   25.01.1952 Hujumchi
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov  10.08.1961 Hujumchi
Shuhrat Mo'sinovich Eshbo'taev  08.02.1959 Hujumchi
Vladimir Valievich Sobirov  14.01.1958 Hujumchi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика