"Paxtakor-79" xotirasiga o'tkaziladigan uchrashuvga Rossiya terma jamoasidan Toshkentga kimlar keladi?
09 avg 19:00
Yangiliklar


"Paxtakor-79" xotirasiga o'tkaziladigan uchrashuvga Rossiya terma jamoasidan Toshkentga kimlar keladi?
14 avgust sanasida "Jar" stadionida "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tadi. O'zbek futboli afsonalariga qarshi Rossiya terma jamoasi maydonga tushadi.
Kecha "sherlar" matbuot xizmati mazkur uchrashuv ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini malum qildi. O'zbekiston terma jamoasi safida: Ignatiy Nesterov, G'ulom Halimtoev, Anvar G'ofurov, Baxtiyor Ashurmatov, Abdumajid Toirov, Timur Kapadze, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Ravshan Ermatov, Mamur Ikromov, Sherzod Sharipov, Shuhrat Maqsudov, Hikmat Hoshimov, Shavkat Nasibullaev, Pavel Solomin, Kamoliddin Murzoev, Odil Isaboev, Bekzod Mamatqulov, Igor Shkvirin, Sobir Xodiev, Murod Aliev, Jafar Irismetov. Ularning barchasi u yoki bu jihatda mahalliy aholi uchun tanish nomlar.
Xo'sh, biznikilarga qarshi Rossiyadan kimlar maydonga tushadi. Quyida – futbolchilar ro'yxati, ular o'ynagan klublar va etiborga loyiq yutuqlari.
Rinat Dasaev – 68 yosh, "Spartak" va SSSR terma jamoasi (91 o'yin) sobiq futbolchisi. Ikki karra SSSR chempioni, Olimpiada-1980 bronza medali sohibi, Evropa chempionati-1988 finalchisi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi talqiniga ko'ra 1988 yilda dunyoning eng yaxshi darvozaboni. "FIFA 100" ro'yxatiga kiritilgan.
Dmitriy Alenichev – 52 yosh, “Lokomotiv”, “Spartak”, “Roma” va “Portu” klublari sobiq futbolchisi. To'rt karra Rossiya chempioni, ikki karra Portugaliya chempioni. Rossiya terma jamoasi safida 55 ta o'yin o'tkazgan, JCH-2002 va Evro-2004 ishtirokchisi. “Portu” safida UEFA Kubogi (2003) va UEFA Chempionlar Ligasi g'olibi (2004). Etiborlisi Alenichev har ikki finalda gol urgan. Rossiya U-19 terma jamoasida, bundan tashqari “Arsenal” (Tulsk), "Spartak" va "Enisey" klublarida ham murabbiy sifatida ishlagan.
Egor Titov – 49 yosh, "Spartak" va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi. "Spartak" safida 444 o'yin o'tkazgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha u klub tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan ikkinchi futbolchi. Rossiya terma jamoasi safida 41 o'yin (7 ta gol, 5 assist), JCH-2002 ishtirokchisi. Olti karra Rossiya chempioni. UEFA Chempionlar Ligasida 36 o'yin (6 ta gol, 9 ta assist) va UEFA Kubogida 28 ta o'yin (6 ta gol, 5 assist).
Valeriy Shmarov – 60 yosh, CSKA, "Spartak" va Voronejning "Fakel" klubi sobiq futbolchisi. SSSR terma jamoasi safida 3 ta o'yin o'tkazgan. 1991 – 1995 yillarda Germaniyaning "Karlsrue" va "Arminiya Bilefeld" klublari sharafini himoya qilgan. Ikki karra SSSR va "Spartak" safida bir marta Rossiya chempioni. Bundesliganing 81 o'yinida 10 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma etkazib bergan.
Sergey Kiryakov – 55 yosh, Moskvaning "Dinamo" klubi sobiq futbolchisi. SSSR (1 o'yin, 1 gol), MDX (9 o'yin, 4 gol) va Rossiya terma jamoalari azosi (28 uchrashuv, 10 gol). 1992 - 2000 yillar oralig'ida Germaniyada "Karlsrue", "Gamburg" va "Tennis-Borussiya" klublari safida to'p tepgan. Bundesligada umumiy hisobda 174 ta o'yin o'tkazgan, 34 ta gol urib, 26 bor golli uzatma etkazib bergan. SSSR yoshlar terma jamoasi bilan Evropa chempionati g'olibi bo'lgan (1988 yilda U-18 va 1990 yil U-21). Evro-1992 va Evro-1996 ishtirokchisi. Murabbiy sifatida Rossiya o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan.
Aleksandr Cherkes – 48 yosh, RPLda 176 o'yin o'tkazgan. Faoliyati davomida "Rostov", "Shinnik", "Luch-Energiya", "Chernomorec", "Sokol" va "Fakel" jamoalari safida to'p tepgan. Bugungi kunda "Rostov" klubi tizimida faoliyat olib bormoqda.
Vitaliy Buliga – 45 yosh, Belarus terma jamoasi safida 37 o'yinda 8 ta gol urgan va 5 ta assist etkazib bergan. 2008 yil Rossiya fuqaroligini olganiga qaramay, Belarus terma jamoasi safida o'ynashda davom etgan. RPLning 143 uchrashuvida maydonga tushgan, 15 ta gol va 9 golli uzatma qayd etgan. Rossiya chempionati muxlislariga "Krilya Sovetov", "Tom", "Luch-Energiya" va "Akmar" safidagi o'yinlari bilan tanish. Shuningdek, Belarus chempionatida 145 ta uchrashuvda maydonga tushgan (33 ta gol, 21 ta assist). Bugungi kunda "Minsk" FK sport direktori.
Andrey Murnin – 40 yosh, faoliyatining katta qismini Rossiya ikkinchi divizionida o'tkazgan. Na ego schetu 438 matcha v Pervoy Lige (FNL), 60 golov i 58 golevyx peredach. V RPL provyol lish 4 matcha.
Roman Voydel – 39 yosh, Murnin kabi faoliyatining asosiy qismini Birinchi Ligada o'tkazgan (355 o'yin, 18 gol, 13 assist). RPLda bor yo'g'i 1 ta o'yin.
Denis Dyogtev – 37 yosh, Rossiyaning to'rtinchi darajali divizionida Belgorodning "Salyut" klubi safida to'p tepadi. Rossiya Birinchi Ligasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan, faoliyatining qolgan qismida uchinchi va to'rtinchi divizionlarda harakat qilgan.
Andrey Kolesnikov – 41 yosh, yangi asrning dastlabki yillarida Rossiya yoshlar terma jamoasi safida to'p tepgan. RPLda 9, Birinchi Ligada – esa 122 o'yin o'tkazgan.
Sergey Zaxarov – bunday ismli bir necha nafar futbolchi bor, ammo katta ehtimol bilan gap 40 yoshli Lipeckning "Metallurg" klubi tarbiyalanuvchisi haqida ketmoqda. RPL doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushmagan, Rossiyaning quyi ligalarida to'p tepgan.
Sergey Xripunkov – 43 yosh, faoliyatining katta qismini sal avval aytganimiz, Lipeckning "Metallurg" klubi safida o'tkazgan. U ham RPLda o'ynamagan.
Va eng qizig'i:
Oleg Devichenko – Orlov viloyatidan ishbilarmon. Rasmiy malumotlarga qaraganda, professional darajada, futbol o'ynamagan.
Dasaev, Alenichev, Titov, Shmarov va Kiryakovni chindan ham Rossiya / Sobiq Ittifoq futbolining afsonalari deyish mumkin. Shuningdek, yuqori darajada malum vaqt to'p tepgan sobiq futbolchilar bor (misol uchun Cherkes va Buliga). Biroq ro'yxatda nomi keltirilgan qolganlarni afsona deyishga til bormaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar