So’nggi yangiliklar

09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  0 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  2 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  6 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  4 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  2 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  20 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0

“Xotira-79” o'z maydonida “Yozyovon”ga mag'lub bo'ldi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Xotira-79” o'z maydonida “Yozyovon”ga mag'lub bo'ldi (to'liq sharh)

Teglar :  Xotira-79
PRO-liganing 18-turida “Xotira-79” jamoasi o'z maydonida “Yozyovon” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining ustunligi ostida boshlandi. Dastlabki daqiqalardan “Xotira-79” jamoasi hujumkorliknii oshirdilar. Birinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasida maydon egalarining ustunligi ostida o'tdi. Bir necha bor maydon egalarining 11-raqamli futbolchisi Sobir Xamidovda qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, uning zarbalarini mehmonlar darvozaboni qaytarib qoldi.

SHundan so'ng mehmonlar ham xujum uyushtirishni boshlashdi. SHunday hujumlarni birida mehmonlarning 77-raqamli futbolchisi Abdulaziz Jo'raboev mezbonlar darvozasiga kuchli zarba yo'lladi, darvozabon to'pni egallab oldi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib, uchrashuv teng kurashlar ostida o'ta boshladi. Maydon egalarining hujumlari asosan chap qanotdan tashkil etildi. Uchrashuvning 30-daqiqasida qanotdan uzatib berilgan to'pga “Xotira-79” azosi Sohib Abdullaev qaychi uslubida zarba berdi, lekin zarba kuchsiz va noaniq ko'rinish hosil qildi. 32-daqidada mehmon jamoa azosi SHaxboz Abduraxmonov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, gol urdi, yon hakam o'yindan tashqari xolatni qayd etdi va gol inobatga olinmadi. Nihoyat uchrashuvda hisob ochildi. Mehmonlarning 77-raqamli futbolchisi Abdulaziz Jo'raboev raqib darvozasiga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini bexato amalga oshirdi va tabloda hisob 0:1 ko'rinishini hosil qildi. Birinchi bo'lim yakunida yana mehmonlar gol urishdi. “Yozyovon” jamoasining 17-raqamli futbolchisi Maqsadbek Ibragimov  chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Birinchi bo'lim shu hisobda mehmonlarning hisobdagi ustunligi bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim yana “Xotira-79” jamoasining hujumlari bilan boshlandi.  Ketma ket uyushtirilgan hujumlar nihoyat o'z samarasini berdi. Mezbonlaring 11-raqamli futbolchisi Sobir Hamidov raqiblar darvozasini ishg'ol etib, hisobni qisqartirdi. Tabloda hisob 1:2 ko'rinishini hosil qildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi shiddatli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi. Mezbonlar ketma-ket hujum tashkil qilgan bo'lsalarda, ularga boshqa gol urish nasib etmadi. Aksincha qarshi hujumlarning birida yana o'sha Abdulaziz Jo'raboev gol urib, uchrashuvda dubl qayd etdi va hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.
Uchrashuv shu tariqa “Yozyovon” jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.            


PRO-liga
18-tur
“Xotira-79” – “Yozyovon” – 1:3 (0:2)  
Hakamlar: 
Rahimbek Karimov, Xusan Xudoyberdiev, Farrux Yuldashev.
Nazoratchi – Arslon Xotamov.
Komissar – Bobur Haydarov.
Gollar: Abdulaziz Jo'raboev 37, - 0:1. Maqsadbek Ibragimov 44, - 0:2. Sobir Xamidov 68, - 1:2. Abdulaziz Jo'raboev 85, - 1:3.
"Xotira-79":   30.Ashurov Muxammadali, 2.Najmiddinov Maxmudjon, 3.Siddiqjonov Iskandar, 6.Qosimov Baxtiyor, 8.Xamidov SHuxrat, 9.Abdullaev Sohib, 11.Xamidov Sobir,12. Toshpo'latov Sanjar, 14.To'raboev Botirbek, 16.Mamajonov Bobirbek, 18.Toshtemirov Omadbek.
Zaxira: 5.Rahmatjon O'rinov, 7. Sulminov Abdulaziz, 10.Rashidxonov Akbarsho,  13.Sadriddinov Ilyos, 15.Faxriddinov Xumoyun, 19. Dehqonov Fozilbek, 28. Jo'raev Azizbek.
Yozyovon: 35. Muxriddin Axmedov, 3. Jasurbek Otaxonov, , 7. Zoxidbek Ismoilov, 8. Alisher Fayzullaev, 10. SHaxbozbek Abduraxmonov, 11. SHaxboz Abduraimov 13. Zokirbek Nurmatov, .17. Maqsadbek Ibragimov, 18. Mamurjon Qosimov, 19. Karimberdi Mamadaliev, 77. Abdulaziz Jo'raboev.
Zahira: 1. Jasurbek Abdullaev, Mirzoxid Mirzamaxmudov, 4. Mirzoxid Egamberdiev, 5. Amirbek Nurmatov, Adham Axmadjonov.16. Asilbek Aloliddinov, 30. SHukurullo Abdug'aniev

Bekzod Tolibov tayyorladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика