So’nggi yangiliklar

11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  0 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40

Xosep Gvardiola bilan intervyu Yangiliklar

Xosep Gvardiola bilan intervyu

“Manchester Siti”ning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Sky Sports” telekanaliga bergan intervyusida Angliyadagi ishidan olgan birinchi taassurotlari, o'yin falsafasi va o'yinchilarga talabi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.


- Premer-liga sizni nimaga o'rgatishga ulgurdi?

- Oxirgi daqiqalarda 2:0 yoki 3:0 hisobida oldinda borish 1:0 yoki 2:1ga qaraganda yaxshiroq. Britan jamoalari 90 daqiqa kurashadi va maydonda nima ro'y berayotgani muhim emas. Oxirgi daqiqalarda har qanday narsa sodir bo'lishi mumkin.

- Futbol falsafangizni bir gap bilan ifodalashingiz kerak bo'lsa, nima degan bo'lardingiz?

- Men to'pni yutaman. Har daqiqada u uchun kurashaman. Menda to'p yo'q bo'lsa, yuqori pressing qo'llayman. Himoyalanishni unchalik yoqtirmayman, hujum qilish va raqib maydoni tarafida harakat qilish yoqadi.

- “Lester” chempion bo'lishdan avval mavsumni juda quyi o'rinlarda tugatgandi. Bu qanday sodir bo'lgan?

- SHuning uchun ham futbol ajoyib. “Lester”ga italiyalik murabbiy borasida omad kulib boqdi. Ranerini bilaman, “Valensiya”da ishlagan paytida unga ko'p toqat qilganman, “Barsa”ni tez-tez mag'lub etardi. Bizni Lui van Gal shug'ullantirganda deyarli har o'yinda buni uddalagan.

Klaudio ishongan narsasini amalga oshirmoqda. Men ham shunday qilaman. Jamoalarim menga yoqadigan va g'oyalarimni tatbiq qiladigan o'yin ko'rsatishlari lozim.

- Natijaga erishish uchun o'yinni yo'lga qo'yishdan voz kechgan bo'larmidingiz?

- Hech qanaqasiga. Bu mumkin emas. O'yinni yutqazmaslik uchun qurbon qilish kerakmi? Biror narsaga ishonsang, unga oxirigacha amal qilish lozim. Darvozabonni oxirgi himoyachi sifatida o'ynatayotganimda bu ro'y berishi mumkin. Mendan nega posbon to'pni shunchaki tepib yubormasligini so'rashadi. Uzoq muddatli rivojlanishda rejalarni ushlash darkor.

- CHiroyli bo'lmagan tarzda yutishni xohlamaysizmi? G'alaba uchun tomoshabop bo'lmagan futbol ko'rsatmaysizmi?

- Yo'q, men yutishni xohlayman. Foydali bo'lish va jiddiy o'ynashni istayman. Bu foyda keltirmaganda undan foydalanmagan bo'lardim. Bunday uslub menga o'yinchi va murabbiy sifatida zafar quchishga yordam bergan. Ko'p gollar urib, kam to'p o'tkazib yubordik.

- Demak, hujumkor va shu bilan birga himoyaviy maqsadi bor futbol?

- Albatta. Men yutishim kerak, aks holda “Siti” meni ishdan bo'shatadi.

- Sizga 2008 yildan beri boy xo'jayinlar paydo bo'lgach, “Siti”ning APLda 2 marta zafar quchgani bosim o'tkazadimi?

- Bosimga dosh berib, qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshirishim kerak. Mavsum yakunida klub prezidenti ishimni yaxshi qilganim, menga ishonish yoki ishonmaslikni hal qiladi.

Bizdan ko'p narsa kutishlarini bilaman – fantastik futbol bilan o'yinlarda g'alaba qozonish. Bu kutishga tasir o'tkaza olmayman. Ularni qabul qilib, jamoaning etiborini har o'yinga qaratishim lozim.

O'yinlardan keyin tahlil qilamiz. Meni tanqid qilishlaridan tashvishlanmayman. Ishqibozlar, tahlilchilar tanqid qilishlarini bilaman. Yutmasak, OAVda yomon narsalar haqida yozishadi. Bu Timbuktu, Afrika, Avstraliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya – har erda bir xil.

Balki, Angliyada bosim OAV tufayli ko'proqdir. Bu erda o'yinni tushunadigan sobiq futbolchilar etarli. Biroq bu ham biznesning bir qismi.

- Angliya Ispaniya va Germaniyadan farq qiladi.

- Ko'p odamlar bu to'g'rida gapiradi. Menga ozroq vaqt bering. Maydon va to'p hamma joyda bir xil. Jamoang maydon bo'ylab to'p bilan o'ynayotganda farqi yo'q.

- O'yinchilarni qanday baholaysiz? Sizning talablaringizga mos kelishini qanday tushunasiz?

- Har bir o'yinchining o'z sifati bor. Ularni rivojlantirish mumkin. Vaqt o'tishi bilan ular kuchliroq bo'ladi. Qo'l ostimizdagi futbolchilar uchun mashg'ulotlarni ularning o'sib borishini ko'zlagan holda tashkil qilganmiz. Ular yaxshiroq bo'la olishadi. Hozir esa Premer-liga va CHempionlar ligasidagi o'yinlarda kurashishga majburmiz. Mashg'ulotlarda kimning eng kuchli bo'lgani haqida qaror chiqarishim lozim.

- Angliya futbol doirasida shunday gap bor: “U yaxshi futbolchi yoki murabbiy bo'lishi mumkin, lekin u buni Stokda noyabr oyida sovuq yomg'irli shamolda amalga oshira oladimi?” Bu britancha kurashni anglatadi.

- SHuning uchun ham bu erdaman. Siz menga o'zimni qanday tutishim kerakligini aytyapsiz, chunki buni bilmayman. “Arsenal”ga qarshi CHempionlar ligasida o'ynaganman. Bazida yomg'ir yoqqan, bazan esa shamol. Britaniyaliklar shunday degan ekan, unda tushunarli.

Ehtimol, bir kun aytarman: “Bu stadionda o'yin uslubimni ko'rsatishim qiyin”. Hechqisi yo'q, bularni his qilish, boshdan kechirishni istayman.

Ispaniya va Germaniyada ham havosi sovg'a bo'lmagan ko'p joylar bor. Ko'ramiz, bu erda qanday bo'lar ekan.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика