Xoselu: "Hakam Daniloni chetlatishi kerak edi, ammo "Santyago Bernabeu"da bunaqasi kam bo'ladi"
12 dek 2016 14:23
Yangiliklar
Xoselu: "Hakam Daniloni chetlatishi kerak edi, ammo "Santyago Bernabeu"da bunaqasi kam bo'ladi"
"Deportivo" hujumchisi Xoseluning fikricha, "Real"ga qarshi bahsda hakam Santyago Xayme Latre bir vaziyatda madridliklar himoyachisi Daniloni chetlatishi kerak edi.
"Ayni damda u voqealar rivojiga tasir ko'rsatdi. Biz hisobda oldinda edik, hakam esa Danilo tomonidan bo'lgan qo'pollik uchun jarima zarbasi belgilamadi. O'sha vaziyatda u qizil kartochka ko'rsatishi va "Real" 10 kishi qolishi kerak edi, ammo "Santyago Bernabeu"da bunaqasi kam bo'ladi" - deydi Xoselu.
Fikrlar