So’nggi yangiliklar

20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  2 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  2 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  4 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  17 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  5 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3

Xose Venansio Lopes: "Yaqin kelajakda O'zbekiston Eron va Yaponiya kabi top jamoalar qatorida bo'ladi" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Yaqin kelajakda O'zbekiston Eron va Yaponiya kabi top jamoalar qatorida bo'ladi"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Yaponiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi uchrashuv yuqori temp ostida o'tdi. Birinchi bo'limda mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, ikkinchi taymda hisobni tenglashtira oldik. Ammo raqib o'yin so'ngida gol urdi va g'alabani ilib ketdi. Durang - adolatli natija bo'lar edi.

- Amaldagi Osiyo chempionlariga qarshi ruhiy tomonlama tayyorgarlik ko'rish qiyin bo'ldimi?

- Yaponiya juda ham kuchli terma jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi. Yaponlarga qarshi o'yinga tayyorlanish oson emas. Lekin biz ham yomon o'yin o'ynamadik. Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi ehtiyotkorlik bilan o'ynay boshladi. Umuman olganda o'yinni biz nazorat qildik. Ushbu ustunlikni hisobda ko'rsata olmadik xolos. Bugungi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.

- Tarkibda jarohatlanganlarning yo'qligi natijaga qanchalik tasir qildi deb o'ylaysiz?

- Bor etiborimizni yosh futbolchilarga qaratdik. To'g'ri, jarohat olgan futbolchilarning yo'qli bizni qiyin ahvolga solib qo'ydi, ammo biz yangi nomlarni ham kashf etdik. SHu sabab bugungi uchrashuvga qattiq tayyorlangan edik. Hozir terma jamoa tarkibida avval deyarli to'p tepmagan futzalchilar ham o'z imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Bu yaxshi holat. SHunday ishlashda davom etsak, nafaqat Osiyoda, balki, butun dunyoda bizni tanishni boshlashadi.

- Osiyo chempionlariga qarshi ikki uchrashuv o'tkazdingiz. Osiyo futzali haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday? Yaponiya kabi Osiyo mintaqasidagi top jamoalarining darajasiga baho berib o'tsangiz.

- Hozirgi kunda Osiyo futzali juda tez rivojlanmoqda. Masalan Yaponiya dunyoda 12-o'rinda turadi. O'zbekiston terma jamoasi shunday rivojlanishni maqsad qilgan. Kelajakda o'zbek futzali Eron va Yaponiyalar kabi top jamoalar qatorida bo'ladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика