So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Xose Mariya Mendez: "Saudiya Arabistoni haqida malumotlar etarli" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Saudiya Arabistoni haqida malumotlar etarli"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez Tojikistonga qarshi kechgan ikkinchi o'rtoqlik o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

-  Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz.
-  Uchrashuv juda ham yaxshi o'tdi, bunday o'yinlarni ko'proq o'ynashimiz kerak chunki futzalchilarimizda o'ziga ishon bo'lishi uchun shunday bahslar kerak. SHogirdlarim bugun o'z o'yinini ko'rsatdi.

-  Mashg'ulotlar jarayonida nimalarga ko'proq etibor qaratyapsizlar?
-  Hozirgi mashg'ulotlarda asosan qolib ketgan narsalar ustida ishlayapmiz, misol uchun standart vaziyatlar, himoyadagi va hujumlardagi kamchiliklar ustida. Musobaqa boshlanishiga 10 kun qoldi, hozir aynan shular ustida ishlayapmiz.


-  Saudiya Arabistoni terma jamoasi haqida qanday malumotga egasiz?
-  Saudiya Arabistonining Malayziyada o'tkazgan uchta o'yini yozilgan disklari bor, ularni o'rganib chiqyapmiz. Menimcha ularning futzalchilari ham, murabbiy ham o'zgarmagan, 4 oy oldin qay darajada o'ynagan bo'lsa hozir ham ularning o'yin uslubi o'zgarmagan bo'lishi kerak. Ayni damda ular o'rtoqlik o'yini o'tkazayotgan bo'lsa kerak.
 
-  Nima uchun musobaqa boshlanishiga oz qolganida Iordaniya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan?
-  Sababi Saudiya Arabistoning o'yin uslubi Iordaniya terma jamoasining o'yin uslubiga o'xshaydi. SHuning uchun mana shu o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan. Buni ancha oldin rejalashtirib qo'ygandik.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика