Xorvatiya terma jamoasi tarjimoni matbuot anjumani vaqtida haydaldi
13 okt 2019 02:05
Yangiliklar


Xorvatiya terma jamoasi tarjimoni matbuot anjumani vaqtida haydaldi
Evro-2020 saralashi doirasidagi Uels – Xorvatiya bahsi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida kutilmagan holat yuz berdi.
Gap shundaki, mehmonlar tarjimoni yarim himoyachi Ivan Perishichning gaplarini noto'g'ri talqinda keltirgani uchun press xollning o'zidan haydaldi. Vaziyatga xorvatiyaliklarning media menejeri Tomislav Pachak aralashib, Perishichning fikrlarini o'zi tarjima qilib turgan.
Eslatib o'tamiz, Kardiffdagi bahs 13 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
01:52
Konferenciyalar ligasi saralashi. "Kristal Pelas" ilk o'yinda o'z maydonida kichik g'alaba qayd etdi 1
11:37
U-17 ayollar Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qura tashlandi: O'zbekiston raqiblarini bilib oldi 0

Fikrlar