"Xorazm" murabbiyi Sergey Tokov: "Jahon va Osiyo chempionatlariga moslashib ishlash - murabbiylarning taqdiri"
06 jan 17:20
Yangiliklar
"Xorazm" murabbiyi Sergey Tokov: "Jahon va Osiyo chempionatlariga moslashib ishlash - murabbiylarning taqdiri"
Yangi mavsumda “Xorazm” jamoasida Sergey Tokov ish boshladi. Jamoa Aleksandr Ejov va Sergey Tokov murabbiyligida Toshkentda tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda. O'tkazilayotgan yig'in hamda mavsum oldidan qo'yilgan maqsadlar haqida jamoa murabbiyi Sergey Tokov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yig'inlarni boshladik. Sekin-asta ish jarayoniga kirishmoqdamiz. Selekciya ishlari ham davom etyapti. Umuman olganda, barchasi reja asosida ketmoqda", — deydi Sergey Tokov.
— Tarkibga yana kimlar qo'shilishi mumkin?
— Jamoa, albatta, eng yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istaydi. Buni vaqt ko'rsatadi. Kimlarni qo'shib olamiz yoki olmaymiz — izlanishlar davom etmoqda. Ayrim poziciyalarga legioner futbolchilar ham ko'rib chiqilmoqda. Mahalliy yigitlar orasidan bizga keraklilarini aniqlab oldik. “Surxon”dan Nodir Abduxoliqov va Sunnatilla Hamidjonovni yaxshi bilaman. Aytganimdek, legionerlar bo'yicha muzokaralar ketyapti.
— Rahbariyat oldingizga qanday vazifalar qo'ygan?
— Maqsadlarimiz doim ulkan. O'z maydonimizda muxlislarni xursand qilishni istaymiz. Shu bilan birga, jamoa tarkibini yoshartirishga ham etibor qaratamiz. Xorazmlik va boshqa hududlardan bo'lgan yosh futbolchilarni ko'rib chiqamiz. Bu o'zimga ham yoqadi. Klub rahbariyatining maqsadlaridan biri ham shu.
— Jahon chempionati bilan bog'liq zich taqvim murabbiylar uchun qanchalik qiyinchilik tug'diradi? Aprel oyida olti tur o'tkazilib, keyin katta tanaffus yuzaga keladi…
— Ishni taqvimga mos ravishda tuzishga to'g'ri keladi. Jahon va Osiyo chempionatlariga moslashib ishlash — murabbiylarning taqdiri. Bu katta muammo tug'dirmasligi kerak. Bu borada tajriba bor. “Surxon”da ishlagan paytimda ham shunga o'xshash vaziyat bo'lgan. Jahon chempionatining ahamiyatini yaxshi tushunamiz. Biz, murabbiylar, jamoani tayyorlashda har qanday vaziyatdan chiqib ketishni bilishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar