So’nggi yangiliklar

16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  2 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1

Xomyakov va boshqalar. Superligada 2-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Xomyakov va boshqalar. Superligada 2-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 2-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 2-turning eng yaxshi darvozaboni - Abduvohid Nematov ("Nasaf").

"Nasaf" bu tur amaldagi chempion "Paxtakor" mehmoni bo'ldi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuv davomida qarshiliklar posboni Abduvohid Nematov 5ta seyv ijro etdi va darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 2-turning eng yaxshi murabbiyi - Aleksandr Xomyakov ("Andijon").

"Andijon" bu tur o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi. O'yin davomida "burgutlar" tezkor gol urishdi va keyinroq raqib 10 kishi bo'lib qolganidan so'ng ketma-ket gollar urib, yirik g'alabani tantana qilishdi - 5:1. "Andijon" o'z tarixida ilk bor "Bunyodkor"ni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. SHu tariqa, Xomyakov 2-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 2-turning eng chiroyli goli muallifi - Sardor Rahmonov (OKMK).

OKMK mazkur tur Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 18-daqiqasida o'ng qanotdan Ahmadaliev uzatgan to'pni hujumga etib kelgan Sardor Rahmonov boshi bilan O'tkir Yusupov qo'riqlayotgan darvozaga ajoyib tarzda yo'lladi va OKMK safardan 1 ochko bilan qaytishini taminladi. Aynan mana shu gol 1-turning eng chiroyli goli deb topildi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 2-turning eng yaxshi futbolchisi - Bektemir Abdumannonov ("Andijon").

"Burgutlar"ning "Bunyodkor"ni taslim qilishida Bektemir Abdumannonovning hissasi katta bo'ldi. "Metallurg"ga kerak bo'lmay qolgan futbolchi "qaldirg'ochlar"ga qarshi uchrashuvning 7-daqiqasida qarshi hujumga o'tib, bir raqibni aldab to'pni sherigiga uzatdi va Zgurskiy hisobni ochdi. Taym so'nggida uning ikki marta burchakdan uzatgan to'plari gol bilan tugadi. Umuman o'yin davomida ham juda faol bo'lgan Abdumannonov Superliga 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика