So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  7 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  9 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

Xenderson yoki De Xea? Yangiliklar

Xenderson yoki De Xea?

Mankunianliklar mavsumni bir amallab o'tkazib olgandek.

1 fevraldan boshlab MYU 14 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyani o'tkazdi va shu orqali "Liverpul" va "Siti"dan keyingi jamoa bo'lib oldi.

Garchi shunday ajoyib onlarni o'tkazgan bo'lsa-da, jamoada muammolar yo'q emas. Ularning biri - darvoza chizig'i. Muxlislarning fikriga ko'ra, De Xea oldingidek ishonchli emas va asta-sekin u o'z joyini yosh va g'ayratli Din Xendersonga bo'shatib berishi kerak. Din esa "SHeffild"da nimalarga erishayotganini ko'rsatdi.

De Xea endi jamoani qutqarmayapti

David MYU afsonalari qatoridan joy olib bo'lgan, biroq hali ham u Roy Kinning tanqidlaridan qutulmayapti.

Aksincha, Pol Skoulz esa boshqa fikrda: "De Xeasiz MYU so'nggi 6 yilda top-10dan tashqarida bo'lardi". Ha, tan olish kerak, Ser Aleks ketganidan keyin jamoaning eng og'ir yuki De Xeaga tashlandi. Aynan u Ser Mett Basbi sovrinini 4 marta yutdi.

Lekin "Yunayted"ning eng ashaddiy muxlisidan so'rasangiz, DDXning hozirgi holati biroz xavfli ekanligini aytadi. Ayrim o'yinlarda unga "Yomonlarning eng yomoni" degan talqinni berishmoqda. David 2018 yilgi JCHda Krishtianu Ronalduning golidan keyin o'ziga kela olmayapti.

Undan tashqari, uning bu holatga kelishiga "Yunayted"ning boshqa o'yinchilari ham sabab. De Xea - ayni damda jamoada eng ko'p maosh oladigan futbolchilardan biri. Uning ko'p maosh olayotgani ham sotuv ishlarida qiyinchiliklarni tug'dirmoqda. De Xea ketishi uchun "ishtahasini biroz susaytirishi" kerak yoki Manchesterda yuqori ambiciyalar bilan o'ynashi kerak.

Xendersonning parvozi

De Xea o'zini yo'qotayotgan paytda parallel ravishda Din Xenderson paydo bo'ldi. Akademiyadan chiqqan bolakay endilikda MYUning asosiy posboni bo'lishga davogarlik qilmoqda.

Yoki hozir yoki hech qachon. 23 yoshli yigitchaning rejalari ispaniyaliknikiga qaraganda yorqinroq ko'rinmoqda va endi "Yunayted" unga yaxshilangan shartnoma taklif qilsa ham bo'ladi. Xenderson "SHeffild"da ijarada yurib, jamoaning mavsumni ajoyib o'tkazishida va 9-o'rinni egallashida muhim o'rin tutdi.

Angliyalik muxlislar uni kelgusi yili bo'ladigan Evro o'yinlarida termaning asosiy posboni bo'lishiga ishonishmoqda. Aslida yozda bo'lishi kerak bo'lgan turnir orqali u MYU uchun kerakli insonlardan biri ekanligini isbotlashi kerak edi. Xo'sh, Din Xendersonni asosiy jamoaga jalb qilib, unga yaxshi maosh to'lab, asosiy tarkibni kafolatlash vaqti keldimi? Bunday pallada De Xeani nima qilsa bo'ladi?

Garchi Din Xendersonning orzulari ulkan bo'lsa-da, ayni damda u ham De Xeaning soyasida qolishi aniq. David xatolar qilaversa ham, jamoaning asosiy posboni bo'lib turadi, Din esa zaxiraga mixlanadi. Albatta, Sulsherdan boshqasi ham De Xeaning tajribasiga tayangan bo'lardi.

"CHelsi" vaziyatni kuzatib bormoqda. Jamoada darvozabon muammosi yorqinroq ko'zga tashlanadi. SHu sababli ular Xendersonga katta maosh va asosiy tarkibni vada qilmoqda. Ziesh va Verner kabi futbolchilarning transferini inobatga olsak, "CHelsi"ning oldindagi rejalari katta ekanligini tushunish mumkin.

David ketishi kerak

Boshqa tomondan olib qaraganda, Xendersonning MYU asosiy posboni bo'lishiga ishonish mumkin. Buning uchun MYU De Xeadan butunlay voz kechishi kerak. Uning zaxirada o'tirishga norozi bo'lishini barcha biladi va bunday holatda u biror bir top-klubning taklifini qabul qilishi ham mumkin. "Real" va "Barselona"da ayni damda darvozabon borasida muammo yo'q.

Ayni damda faqatgina "CHelsi"da darvozabon muammosi bor va De Xea ushbu jamoaga mos tushishi, oldingidek yuqori saviyada o'ynay olishi mumkin. David endi mavsumni qanday o'tkazsa ham, qaysi jamoa tarkibiga yo'l olsa ham MYUning afsonasi bo'lib qoladi. O'tgan xatolar esa eslanmaydi.

Umuman olganda Vudvord va Sulsher avvaliga ushbu muammoni hal qilishi kerak. Ularning qarorlari bir mavsum davomida yo jamoani peshqadamlar qatoriga qaytaradi yoki yana ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика