"Real"ning Xyoysenni chetlatilishi bo'yicha bergan apellyaciyasi rad etildi
18 sen 00:53
Yangiliklar


"Real"ning Xyoysenni chetlatilishi bo'yicha bergan apellyaciyasi rad etildi
"Real"ning arizasi qanoatlantirilmadi, futbolchi keyingi turni o'tkazib yuboradi.
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) Tartib-intizom qo'mitasi "Real" himoyachisi Din Xyoysenni chetlatish bo'yicha apellyaciyasini rad etdi. Bu haqda AS xabar bermoqda. Futbolchi La Liganing 5-turidan o'rin olgan "Espanol"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Xyoysen "Real Sosedad"ga qarshi o'yinning 32-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi. Shundan so'ng, "qaymoqranglilar" Xalqaro futbol associaciyalari federaciyasiga (FIFA) shikoyat qilishga tayyorligini malum qildi. Unda Madrid klubi vakillari o'tgan mavsumda ham, joriy mavsumda ham ispan futbolida yuz bergan hakamlik bilan bog'liq voqealarni sanab o'tmoqchi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar