So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Xavotir Yangiliklar

Xavotir

Kecha "Lokomotiv"ning kutilmagan mag'lubiyati ancha o'ylantirib qo'ydi.

To'g'risi, o'yindan oldin hammasi yaxshi bo'lishidan umidvor edik. Hatto "Loko" safarda o'ynagan bo'lsa-da, "Zobahan"ga ochiq va hujumkor futbol taklif qiladi deb kutgandik. Nahotki, bir hafta oldingi 5:0 bizni shunchalik sarmast qilib qo'ygan bo'lsa?

Osiyo chempionlar ligasida oson o'yin yo'q, buni juda yaxshi tushunamiz. Lekin bir jamoa bir o'yinni 5:0 yutib, keyingisida umuman o'ziga o'xshamay qolsa, mana bu kishini ko'proq o'ylantirib qo'yadi. Natija o'z yo'liga, bizni ko'proq xavotirga solgan jihat "Lokomotiv"ning o'yini yo'qolib qolgani. Bir hafta ichida birdaniga pasayib ketish mumkinmi?

Kechagi mag'lubiyatdan fojea yasash fikridan yiroqmiz, chunki bu endi ikkinchi tur va hali hammasi oldinda. "Lokomotiv" agar xohlasa tezda o'ziga kelib oladi. Hamma gap jamoaning o'zida qolgan. Ammo baribir o'sha savol takrorlanaveradi: bir hafta oldingi ishtiyoqqa boy o'yin qani?

Aslida-ku, kechagi bahsni juda shiddatli kechdi deb bo'lmaydi. "Zobahan" u qadar vahimali jamoa emas ekan. Kecha "Lokomotiv" bu jamoani bemalol yutsa bo'lardi, lekin ayrim xatolar qimmatga tushdi. Muxlislarni esa hammasidan ham ko'proq "temiryo'lchilar"ning o'yini chiqmagani xunob qilgan bo'lsa ajab emas.

Garchi yutqazgan bo'lsa ham "Paxtakor" hartugul ikkinchi taymda "Al Garafa"ga jang taklif qilgandi. "Paxtakor" sal qolsa hisobni 2:2ga etkazib o'yinni qo'shimcha taymlarga olib borishi mumkin edi. Lekin O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" kecha go'yoki oliy liganing o'rtamiyona klubiga o'xshab qoldi. Kecha o'ynagan jamoa biz bilan "Lokomotiv" emasdi.

SHu o'rinda "Nasaf"ning mag'lubiyati bilan "Lokomotiv"ning yutqazganini bir-biriga o'xshatmagan maqul. "Nasaf"ning "Persepolis"ga yutqazib qo'yishini o'yin borishidan darhol sezgandik, jamoada tajribali futbolchilar yo'qligi bilingandi. Biroq "Lokomotiv" ham o'yin, ham tarkib borasida "Zobahan"dan ortsa ortiqki, aslo kam joyi yo'q edi. Qiziq, bir hafta ichida nima o'zgardi?

Kechagi mag'lubiyat to'liq murabbiylarniki desa bo'ladi. O'yindan oldin qanday ko'rsatma berilgan bilmadig-u, lekin maydonga tushgandan keyin futbolchilar xuddi ko'rsatmasiz harakat qilayotganga o'xshab qolishdi. Qolaversa, to'plarni osmonga tepish avj oldi. Biz nimadan xavotirdamiz? Erta-indin "Loko"da ishlayotgan Mirko Yelichich, Andrey Fyodorov kabi murabbiylar milliy terma jamoada ish boshlashlari mumkin. Kechagi o'yindan kelib chiqib bu murabbiylar terma jamoaga nimadir bera oladi deyishdan xavotirdamiz.

Martda Senegal va Marokash, may oyida esa Eronga qarshi bahslar kutmoqda. Uchala o'yin safarda o'tishini hisobga olsak, borib nima natija ko'rsatamiz, bir narsa deyish qiyin. O'FA chiqarayotgan qarorlarga qarshiligimiz yo'q, har holda mutaxassislar fikri bilan ish qilinyapti, ammo hech narsa o'xshamay qolishidan xavotirdamiz, sabr qilib turinglar bizga Keyrush keladi deb tinchlantirishlaridan xavotirdamiz, Keyrush shuncha yil Osiyoda ishladim, endi Evropaga qaytsam ham bo'lar deb ketib qolishidan xavotirdamiz.

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика