Xavi yoki ten Xag Bundesligada ish boshlashi mumkin
30 apr 14:10
Yangiliklar
Xavi yoki ten Xag Bundesligada ish boshlashi mumkin
Oldinroq Alonso Karlo Anchelotti ketganidan so'ng "Real Madrid"ni boshqarishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Kicker xabariga ko'ra, "Bayer" to'pni nazorat qilishga asoslangan hujumkor o'yin uslubini saqlab qoladigan murabbiy topish niyatida.
Nemis klubi bu vazifa uchun "Barselona" sobiq murabbiyi Xavini ideal nomzod deb hisoblaydi. Bundan tashqari, ispaniyalik mutaxassis ingliz tilini yaxshi biladi, bu esa muhim shart hisoblanadi. Ushbu talabga mavsum oxirida "Real Sosedad"ni tark etadigan Imanol Alguasil to'g'ri kelmaydi.
Шuningdek, klubning qisqa ro'yxatiga Erik ten Xag ham kiritilgan. "Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi o'zi boshqargan "Ayaks"da to'pni nazorat qilishga asoslangan futbol namoyish etgani tufayli klub talablariga mos keladi.
Germaniyada "Bavariya"ning 2-jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlagan niderlandiyalik mutaxassis nemis tilini yaxshi biladi. Bu uning nomzodi uchun katta ustunlik hisoblanadi. 55 yoshli mutaxassis "Bayer" ro'yxatida birinchi o'rinda turadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar