Xavi Pikening "Barselona"dagi so'nggi o'yini haqida: "Unga jamoa afsonasi ekanligini aytdim"
06 noy 2022 10:44
Yangiliklar
Xavi Pikening "Barselona"dagi so'nggi o'yini haqida: "Unga jamoa afsonasi ekanligini aytdim"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi kataloniyaliklar himoyachisi Jerar Pikening "Almeriya" (2:0)ga qarshi Ispaniya chempionati 13-tur doirasidagi o'yin professional faoliyatidagi so'nggisi bo'lganiga izoh berdi.
35 yoshli futbolchi 3 noyabr kuni "Barselona"dan ketishi va professional faoliyatini yakunlashni elon qildi.
"Bu barchamiz uchun tarixiy kecha bo'ldi, ayniqsa Jerar uchun. U ajoyib o'yin o'tkazdi va biz uni yaxshiroq shaklda o'tkazmoqchi bo'ldik. Unga jamoa afsonasi ekanligini aytdim. Biz undan juda ham minnatdormiz", — dedi Xavi.
Pike — "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U Kataloniya klubidagi 14 yil davomida 8 bor Ispaniya chempionati g'olibi, 7 bor mamlakat Kubogi va 6 marta Superkubok sohibi bo'lgan. U shuningdek 3 bor CHempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan.
Fikrlar