Xavi: “Oltinga teng uch ochko”
09 jan 2023 08:45
Yangiliklar
Xavi: “Oltinga teng uch ochko”
La Liga 16-turida “Atletiko” ustidan safarda qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Barselona” ustozi Xavi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu oltinga teng uch ochko. Bizga bosim o'tkazishdi, ammo bunga bardosh berib, darvozamiz oldida nolga o'ynadik. Sport shunday. Bugun uncha yaxshi o'ynamadik, ammo uch ochkoni qo'lga kiritdik.
O'ylashimcha, bu shunchaki uch ochko emas, chunki bu ruhiyatni ko'taradi va katta ishonch bag'ishlaydi. Qiyinchiliklarni boshdan o'tkazdik, ammo bir jamoa edik, bir oila bo'ldik. “Espanol” va “Inter Siti”ga qarshi o'yinlardagidek yaxshi o'ynamagan bo'lsak-da, La Ligada (chempionlikka) davogar bo'lish uchun barcha narsani qildik”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar