Xavi: "Murabbiylikni Qatarda boshlamoqchiman"
23 noy 2018 11:58
Yangiliklar
Xavi: "Murabbiylikni Qatarda boshlamoqchiman"
"Barselona" sobiq futbolchisi, hozirda Qatarning "Al Sadd" jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Xavi kelajak rejalari haqida gapirdi.
"Futbolni sevaman. Unda qolish uchun eng yaxshi variant - murabbiy bo'lish. Bu yil men uchun o'yinchi sifatida oxirgisi bo'ladi. "Xayr" deydigan vaqt keldi. Bu men uchun yoqimsiz, lekin vaqt keldi.
Murabbiy bo'lish uchun ko'p vaqt kerak. Bu ishni tajriba to'plash maqsadida Qatarda boshlamoqchiman. Hamma meni "Barselona" bosh murabbiyi rolida kutmoqda. Lekin, hozircha o'zimni u erda ko'rmayapman. "Barsa"ni shug'ullantirish - bu shunchaki gap emas", - dedi Xavi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar