So’nggi yangiliklar

22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  0 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  11 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  16 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  17 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  33 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  15 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  8

Xarri Keyn: “Vardi bilan yaqinda ham zaxira o'rindig'ida o'tirardik” Yangiliklar

Xarri Keyn: “Vardi bilan yaqinda ham zaxira o'rindig'ida o'tirardik”

Ikki yil ichida Xarri Keyn “Tottenxem” zaxira futbolchisidan Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lishga qadar yo'lni bosib o'tdi.

Endi esa u terma jamoa tarkibida Franciyada o'tadigan Evropa chempionatiga borishga hozirlanmoqda.

- Angliya terma jamoasi o'yinini qachon birinchi bor ko'rgansiz?
- Maykl Ouen Argentinaga qanday gol urganini eslayman. U takrorlanmas bo'lgandi – ko'rib, qachondir shunday ish qilishni orzu qilganman. Bu eng erta xotiralarimdan biri. O'shanda juda yosh edim, lekin terma jamoa o'yinlarini aka va opalarim bilan birga ko'rardim. Termamiz gol urganda bundan quvonardim. Hamisha sodiq ishqiboz bo'lganman.

- Ikki yil oldin “Tottenxem”ning asosiy tarkibiga kirishga urinayotgan paytingiz Evro-2016ga terma jamoa bilan borishni tasavvur qilganmisiz?
- Doim terma jamoa safidan o'rin olish va yirik turnirda ishtirok etishni xohlaganman. O'shanda bu menga etib bo'lmasdek tuyulardi – demak, yanada chin yurakdan ishlash zarur edi. Futbolning manosi ham shunda: kuch berasan va o'rniga nimadir olasan. Oxirgi 18 oyda men natijani ko'ryapman. Evropa chempionatini sabrsizlik bilan kutyapman. Bu men uchun o'zgacha voqea bo'ladi. Umid qilamanki, unda maksimal imkoniyatimni ko'rsata olaman.

- 2013 yildan beri qanday yo'lni bosib o'tganingizni tasavvur etish qiyin. Siz va Jeymi Vardi CHempionshipda “Lester” “Barnsli”ga 0:2 hisobida engilgan uchrashuvida maydonga tushirilmagan.
- Ha, vaqt sezdirmay o'tib boryapti. Bu yaqindagina bo'lganga ham o'xshamaydi – men Jeymi zaxira o'rindig'ini isitib o'tirardik. U bilan bu haqida eslamadik, ammo suhbatlashishga fursat bo'ladi. Ko'p narsalar o'zgardi. U fantastik mavsum o'tkazdi. Ko'ryapsizmi, futbolda o'zgarishlar qanchalik tez bo'ladi? Muhimi – o'zingga ishonishda davom etish. Jeymi bilan birga og'ir mehnat tufayli yuqori saviyada o'ynashimizni isbotladik.


- Sizga o'tgan yili CHexiyada o'tkazilgan 21 yoshgacha futbolchilar chempionatidagi tajriba qo'l kelishi mumkinmi?
- Natijaga qaramay, bu juda foydali bo'lgandi. Biz musobaqa ruhini his qildik, har 3-4 kunda uchrashuvlar bo'lib o'tganda qanday bo'lishini ko'rdik. O'ylashimcha, bu juda muhim. SHunday tajribani xohlardim va u Evropa chempionatida mening ustunligim bo'ladi.

- O'tgan mavsumda muvaffaqiyatingiz klub va mamlakat uchun kutilmagan holga aylandi. Ommaning talabi oshganda nimalar o'zgardi?
- Bu yil barchasi boshqacha bo'ldi. Bir yil oldin meni hech kim bilmasdi, hozir esa aksincha. Meni maydonda yaqinroq taqib qilishmoqda, bazida ikki nafar himoyachi qarshilik ko'rsatmoqda. Bunga moslashishga to'g'ri keladi. Lekin eng yaxshi futbolchilar hamisha to'p kiritishga imkon topishadi.

- Inglizlar doim terma jamoadan yuqori natija kutishadi. O'yinchilar bu bosimga dosh berishning uddasidan chiqa olishadimi?
- SHubhasiz. Bosimga dosh berish professional futbolchining ishi. Mamlakat bizning elkamizda turibdi – buni tushunamiz. Terma jamoa uchun o'ynash ruhan oson emas, ayniqsa Angliya uchun. Ammo boshqa yo'l yo'q.

- Ueyn Runi bilan endi birga o'ynashni boshladingiz. U bilan maydonda yaxshi sheriklar bo'la olasizlarmi?
- Murabbiy kim asosiy tarkibda tushishini hal qiladi. Kerak bo'lsa, biz birga ishlaymiz. Ueyn - ajoyib futbolchi, sardor va etakchimiz. U bilan har bir mashg'ulot va o'yin yuqori saviyada bo'ladi.


- “Tottenxem”dagi sheriklaringiz bilan terma jamoada qulayroqmi?
- Ehtimol. Har kunni birga o'tkazamiz, bir-birimizni yaxshi bilamiz. Mehmonxonada vaqtni birga o'tkazishga o'rganganmiz. Terma jamoada ham barchasi yaxshi ko'rinishda, do'stona muhitga egamiz.

- Franciyaga olib ketish uchun o'zingizga filmlar tanlab bo'ldingizmi?
- Hozircha yo'q. U erga qiziqarliroq filmlarni tanlab olish kerak bo'ladi.


- Angliya chempionga aylanishi mumkinmi?
- Bizda ajoyib yosh jamoa, ko'plab iqtidorli futbolchilar bor. Nima bo'lishini ko'ramiz. Tajriba va yoshlikning aralashmasi hamisha yaxshi. Terma jamoada nimalarga qodirligini namoyish etishni istaydigan yoshlar ko'p. Tajribali o'yinchilar esa bunday turnirlarda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Guruhimiz oson emas, lekin kuchimizga ishonamiz va musobaqa boshlanishini intiqlik bilan kutamiz.

- Klubdagi derbilarda natijangiz yomon emas. Buni Angliya va Uels o'rtasidagi derbiga ham ko'chira olasizmi?
- Ha, shunday bo'lishiga umid qilaman. Bu uchrashuv atrofida ko'p gaplar oxirgi kungacha yuzaga keladi. Ushbu bahsni ham orziqib kutyapmiz.

- “Tottenxem” futbolchilari terma jamoaga bunday musobaqalarda yaxshi ishtirok etishga ko'p bor yordam berishgan: Gari Lineker, Teddi SHeringem, Pol Gaskoyn. Bu ro'yxatni to'ldirishni xohlaysizmi?
- Albatta. Ular ajoyib o'yinchilar bo'lishgan, klub va terma jamoa afsonalari. Ularning muvaffaqiyatini qaytarishni istardim. Mehnat qilishda davom etsa qachondir meni ham ular bilan bir qatorda eslashlariga umid qilaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика