Xames 2019 yilning yozida "Real" u xohlagan klubga o'tishiga qarshi bo'lganini tan oldi
24 iyu 2020 18:47
Yangiliklar
Xames 2019 yilning yozida "Real" u xohlagan klubga o'tishiga qarshi bo'lganini tan oldi
"O'tgan yozda menga Ispaniya chempionati klublaridan biridan yaxshi taklif bo'lgandi, ammo "Real" bu taklifni rad etdi. Bu jamoaning nomini ayta olmayman. Men allaqachon bitim yakunlandi deb o'yladim, ammo "Real" men xohlagan klubimga o'tishga rozi bo'lmadi.
Meni boshqa klubga sotib yuborishmoqchi bo'lishdi. Italiya va Xitoydan takliflar bo'ldi, ammo ular menga qiziq emas edi. Agentimga Xitoyga aniq ketmasligimni, hali ham Evropada yuqori darajada o'ynay olishimni aytdim", - deydi Rodriges.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" o'tgan yozda Xamesni transfer qilishga yaqin edi. Ammo, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Feres "Atletiko"dan uchralgan 3:7 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, raqibni kuchayib ketishini xohlamagan va uni "matraschilar" tarkibiga qo'yib yubormagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar