So’nggi yangiliklar

19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  23 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи" 1:0 (матнли трансляция)  24 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  4 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  9 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  15 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  2 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi. 7 ta gol urilgan o'yinda "Paxtakor" "Qayrat"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi. 7 ta gol urilgan o'yinda "Paxtakor" "Qayrat"ni mag'lub etdi

"Paxtakor" markaziy stadionidagi uchrashuv yakunlandi.

"Paxtakor" – "Qayrat" 4:3

17.00, "Paxtakor" stadioni

Hakamlar: I.Tantashev, B.SHavkatov, A.Sidorov, R.Lutfullin.

Gol: 1:0 — 4, CHeran, 1:1 — 20, Aliqulov, 2:1 — 45, CHeran, 2:2 — 50, Joao Paulo, 3:2 — 58, Rashidov, 4:2 — 62, Alijonov, 4:3 — 73, Joao Paulo

"Paxtakor": Suyunov (Quvvatov, 46), Alijonov, Tursunov, Azmiddinov, Sayfiev, Hamrobekov, Sobirxo'jaev, Hamdamov, CHeran, Rashidov (Hamraliev, 66), Banashak (Xolmatov, 18)

Zaxira: Abdumajidov, Poyonov, Todorov, Usmonov, O'rinboev, Ibrohimov, Turdimurodov

"Qayrat": Ustimenko, Keyler, Vasin, Qasabulat (Arad, 46), Tkachenko, Buranchiev, Sadibekov, SHvirev, Joao Paulo, Aliqulov, SHushenaev

Zaxira: Ulyanov, Mrinskiy, Urgin, SHirobokov, Krachkovskiy, Kobeev, Ulshin, Abdulla, Seydaxmet, Kenjebek

Ogohlantirishlar: Hamrobekov (12), Keyler (43), Sayfiev (68)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. Qo'shnilarimiz birato'la yana uchta o'zgarishga qo'l urdi.

79. "Qayrat" safida Mrinskiy va SHirobokov maydonga tushirildi. Keyler va Tkachenko dam oladi.

74. "Paxtakor"da o'zgarishlar: O'rinboev va Turdialiev maydonga tushirildi, Hamdamov va CHeranga dam berildi.

73. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Joao Paulo jarima zarbasidan Rashidovning chiroyli goliga javob qaytardi.


71. Ustimenko oraga suqilmaganda, Hamralievning rejasi bo'yicha u oshirgan to'pga Hamdamov etib borishi lozim edi.

68. Sayfiev qanotdan qochib ketayotgan raqibini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

66. "Paxtakor"da o'zgarish: Hamraliev Rashidovni almashtirdi.

62. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Markazda turgan Alijonov chap qanotdan oshirlgan to'pni raqib darvozabonining qo'letmas nuqtasi tomon yo'lladi.


58. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Rashidov olis masofadan supergol urdi! Ustimenko bu zarbani qaytarishi uchun kamida kenguru singari sakrashi kerak bo'lardi.


56. CHeran xet-trikka erishishi mumkin edi, uning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi Ustimenkoning yuziga tarsaki bo'lib tegdi, ammo qozog'istonliklar posboni "shapaloqnon" evaziga jamoasini goldan asrab qoldi.

54. Xolmatovning qanotdan oshirgan to'pidan so'ng "Qayrat" posboni Ustimenkoning "magnit"i ishga tushdi.

50. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Joao Paulo chap oyoqda Quvvatovni tomoshabinga aylantirgan zarbani amalga oshirdi hamda hisobni tenglashtirdi.

48. "Qayrat" futbolchisi Hamrobekovning oppoq libosini maysa rangiga belanishi uchun yordam berib yubordi, hakam esa jarima belgiladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

45. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! "Paxtakor"da qirqqa kirsayam, oltmishga borsayam, yagona goleadori bo'ladigan hamda yurib gol uradigan CHeran dublga erishdi.

43. Keyler Hamdamovning sariq butsasini bosib olgani uchun hakam Dostonning oyoq kiyimi rangidagi qog'ozni ko'rsatib, sariq narsalarni bosish mumkinmasligini uqtirdi.

41. Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pni hech kimning peshonasini silashni istamasdan maydondan chiqib ketdi.

40. "Qayrat" futbolchisining bunaqangi zarbasidan so'ng xafa bo'lgan to'p lash-lushini yig'ishtirib, darvozadan ancha baland masofaga uchib ketdi.

38. Hamrobekovning zarbasi haqida maqtovli so'z aytsam, yolg'on gapirgan bo'laman.

35. Rashidov raqibini aldayman deb unday-bunday harakatlar amalag oshirdi, so'ngra oyog'ining ostiga qarasa, allaqachon to'pni olib ketishgan ekan.

32. Rashidovning zarbasidan so'ng mustahkam materialdan yasalgan 7,32 ga 2,44 metrga teng hamda paxta tolalaridan yigirilgan ipdan yaratilgan pishiq to'rga ega darvoza yonidan salkam yarim kilo og'irlikdagi tosh bosadigan to'p matematika nuqtayi nazaridan olib qaraganda, oraliq 2-3 metr masofa nariroqdan velosiped tezligida o'tib ketdi. Qisqa qilib aytganda, zarba noaniq bo'ldi.

29. Hamdamov raqibining oyog'iga qattiqroq zarba berib yubordi, shu sababli braziliyalik raqibi yuzini ushlab yotibdi.

28. Alijonov maydonda jangovar film kadriga xos harakatni amalga oshirdi.

25. Suyunov o'zi bilan birga-bir vaziyatda qolgan raqibi qarshisida ko'ksini qalqon qildi hamda raqib jamoaning hujumi hamda kayfiyatini buzdi.

20. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Raqib jarima maydoni ichidagi tezkor hujum natijasida Aliqulov bosh bilan Suyunov darvozasini ishg'ol qildi!

18. O'zgarish. Banashak o'rniga Xolmatov uchrashuvni davom ettiradi.


18. Hamdamov uzatma bilan zarbaning qorishmasini ijro etdi hamda darvoza to'sini poyladi.

15. Hamdamovning o'ng burchakdan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng raqib himoyachilari uni chap burchakka borishga borishga majbur qildi.

12. Hamrobekov o'rtoqlik uchrashuvida "xizmat ko'rsatgan" futbolchi esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

11. Burchak so'zini bir necha yillik geometriya darsida anglashim qiyin bo'lgan, ammo futbol tomosha qila boshlagach, ushbu fandan ham yaxshi bahoga o'qiy boshladim. Hozir mana shu nuqtadan "Qayrat" ketma-ket ikii bor to'pni o'yinga kiritdi.

10. "Qayrat" yarim himoyachisini sherigini oldinga boshlagandi, ammo hujumchi to'pga ham, niyatiga ham etolmadi.

4. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! CHeran Banashakning o'ng qanotdan uzatgan to'pni to'xtatamasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

2. Azmiddinov dastlab raqibini xafa qiladigan harakat amalga oshirdi, so'ngra jarima zarbasidan so'ng o'zi yana jonbozlik ko'rsatdi.

1. Maydon markazidagi to'p harakatini boshladi, qani kim qochoq to'pni to'r bag'riga solib qo'ya olarkan.




Tribunalarga ko'z yugurtirib, ko'pchilik "Stadionga tashrif buyursam, joy etmay qoladi" deb o'ylagan bo'lsa kerak, degan tasavvur yuzaga keldi.



Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun "Paxtakor" oq, mehmonlar sariq-qora liboslarda harakat qiladi.

"Qayrat" haqida nimalarni bilish kerak: jamoa etakchilari, o'tgan mavsum natijalari va "Paxtakor" bilan solishtirish

Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar oldida ikkita variant turibdi: yoki uchrashuvning qaynoq muhitiga sho'ng'ib ketish yoki miriqib sovqotish.

Uchrashuv avvalida "Paxtakor" muxlislarining o'z uylariga bellashuvdan so'ng tarvuzlar qo'ltiqlab borishini hamda toshoynalarni sindirmasliklarini tilab qolamiz.


Assalomu alaykum, O'zbekistonda futbol mavsumini sog'ingan va sog'inmagan futbol ishqibozlari! Bugun ikki qo'shi mamlakat klublari o'rtasidagi derbi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика