Xakimining keyingi klubi deyarli aniq
27 iyu 2020 10:15
Yangiliklar
Xakimining keyingi klubi deyarli aniq
"Borussiya" (Dortmund)da ijara asosida o'ynayotgan "Real" o'yinchisi Ashraf Xakimi "Inter"ga o'tishga yaqin.
Marokashlik futbolchi uchun Milan klubi 40 million evro va 5 million evro miqdoridagi ehtimoliy bonuslar to'laydi. Tomonlar barcha detallarni kelishib ulgurishmadi. Bugungi kun muzokaralarda hal qiluvchisi bo'ladi.
Xakimiga "Manchester Siti" va "Bavariya" klublari raqobat qilgan edi. Ikki klub ham "Real"ga futbolchi uchun 60 million evro taklif qilishga va futbolchiga 5 million evro maosh to'lashga tayyor edilar.
Xakimi esa ularga rad javobini bergan holda, "Inter"ni tanladi. U o'zining o'sishi uchun ushbu klubni ideal joy deb biladi.
21 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar