Xabi Alonso "Elche" bilan durang haqida: "Biz norozimiz, chunki "Real" doim yutishni istaydi"
24 noy 15:40
Yangiliklar
Xabi Alonso "Elche" bilan durang haqida: "Biz norozimiz, chunki "Real" doim yutishni istaydi"
O'yin 23 noyabr kuni Elcheda bo'lib o'tdi va 2:2 hisobida yakunlandi. Madridliklar tarkibida Din Xyoysen va Jud Bellingem gol urdi.
"Futbol o'zi shunaqa. Yaxshi o'yindan so'ng o'zimiz istamagan natijalarni ko'rsatdik. Biz norozimiz, chunki doim g'alaba qozonishni xohlaymiz, ammo oldinda hali ko'p o'yinlar bor.
Vaziyatni tahlil qilishda davom etishimiz kerak. Jamoa taslim bo'lmadi va kurashishda davom etadi. Natija va o'yin yaxshiroq bo'lishi mumkin, chunki o'zimizni tergab turish xislatiga egamiz. Xatolardan xulosa chiqarish kerak", – dedi Alonso.
"Real" 32 ochko bilan La Liga turnir jadvalida "Barselona"ni (31 ochko) ortda qoldirib, birinchi o'ringa ko'tarildi. "Qaymoqranglilar" chempionatdagi keyingi o'yinni 30 noyabr kuni "Jirona"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин
Fikrlar