Tomas Frank: "Biz qaerdan boshlaganimizni o'ylab ko'rishga arziydi. O'tgan yili 17-o'rinni egallagandik"
24 noy 14:57
Yangiliklar
Tomas Frank: "Biz qaerdan boshlaganimizni o'ylab ko'rishga arziydi. O'tgan yili 17-o'rinni egallagandik"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Angliya Premer-ligasining 12-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi (1:4) o'yindan so'ng mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Albatta, bizda hali qilinadigan ishlar bor. Bugungi o'yindan juda hafsalamiz pir bo'lganini va norozi ekanligimizni aytish adolatli deb o'ylayman. Buni inkor etmoqchi emasman. Muxlislardan uzr so'rayman. Biroq qaerdan boshlaganimizni ham o'ylab ko'rishga arziydi. O'tgan yili 17-o'rinni egallagandik. O'yinni qurishga harakat qildik, ammo bugungi bahs hech narsa qurmayotganimizdek taassurot uyg'otdi.
Men jamoani 5-4-1 sxemasida maydonga tushirdim, tanaffusda uni o'zgartirdim va bu juda "muvaffaqiyatli" bo'ldi — raqib taym boshlanganidan bir daqiqa o'tib gol urdi. 3:0. Qolganini o'zingiz bilasiz", – dedi daniyalik mutaxassis.
"Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 12 o'yindan so'ng 18 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин
Fikrlar