"Vulverxempton" koreyalik forvard bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
14 dek 2023 12:45
Yangiliklar
"Vulverxempton" koreyalik forvard bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Tomonlar yangi bitim shartlari bo'yicha amalda kelishib oldilar.
"Vulverxempton" koreyalik hujumchi Xvan Xi CHan bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yangi shartnoma 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Hujumchi jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Tez orada ingliz klubi rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.
Xvan Xi CHan 2021 yildan beri "Vulverxempton"da o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum "bo'rilar" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar