So’nggi yangiliklar

19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  2 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  12 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  8 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  20 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2

Vohid Xolboev: "Yozyovon"ning maydoni juda yomon holatda bo'lganini barcha ko'rdi" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Yozyovon"ning maydoni juda yomon holatda bo'lganini barcha ko'rdi"

O'zbekiston Pro-ligasi 13-turidan o'rin olgan "Yozyovon" - "Nurafshon" (1:1) uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Stadion juda yomon ahvolda edi. Avvaliga stadion bilan kurash olib bordik. Biroz vaqt o'tib, yomon bunga ko'nikib oldik. Ungacha bir golni o'tkazib yubordik. Yosh futbolchimizning kichik etiborsizligi va darvozabonning kichik xatosi tufayli darvozamiz ishg'ol etildi. Ammo shundan keyin biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. O'yinda raqiblar deyarli hujum qilishmadi. Biri gol bilan yakunlandi, aslida buni xavfli hujum ham deb bo'lmasdi. Yana bir hujum esa penaltiga olib keldi. 11 metrlik jarimani posbonimiz qaytarishga muvaffaq bo'ldi. "Yozyovon"ning oldingi o'yinlarini ko'rmadim. Balkim bu jamoa bizga qadar yaxshi o'yin ko'rsatgandir. Biroq bugun biz raqibdan anchagina kuchli edik, buning yashiradigan hech qanday joyi yo'q. "Yozyovon" bizning mezbonligimizdagi uchrashuvda yaxshi o'yin ko'rsatishgandi. Bugun esa men kutgandek kurasha olishmadi.

Farruh SHotursunov, Orifxo'ja Abduholiqov kabi futbolchilarda ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Aniq ayta olaman, bugun ilk marta zaxiradan tushgan futbolchilarimizning barchasi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlashdi. Ko'plab vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, o'z uslubimizdan chekinmadik. Kichik paslar orqali ko'plab hujumlar uyushtirdik. SHogirdlarim hech qachon uzoq masofalarga to'pni tepib yuborishmaydi. Bu esa bizning eng yaxshi jihatlarimizdan biri.

O'tgan uchrashuvda Abdug'ani Kamolov jarohat olgandi. SHukurki, uning o'rniga tushirilgan boshqa futbolchi yaxshi harakat qildi. Ancha vaqtdan buyon asosiy tarkibda ko'rinish bermagan Orifjon Hakimjonovning o'yini qovushdi. Bugun himoyada qilingan kichik o'zgarishlar muammolarni tug'dirmadi.

Bugun ko'p bora futbolchilarning poziciyasini o'zgartirdim. Bir necha yo'qotishlar borligi sababli Murodjon To'ychiboevni o'ng qanot yarim himoyasiga olib o'tdik. Orifxo'ja Abduholiqov va Elbek Ravshanovlarni ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirish uchun olib qo'ygandim. Ular zaxiradan tushib, o'zlarini ko'rsata olishdi. Ayniqsa, bugun markazdagi futbolchilarimiz o'zlaridan alo darajadagi ko'rsata olishdi deb ayta olaman. Farruh SHotursunov 3 o'yinda qatnashmagani o'z tasirini o'tkazdi, vaziyatlardan foydalana olmadi. Bugun g'alaba qozonishni niyat qilgandik. Ammo durang ham yomon natija emas. Maqsadimiz - mana shu pog'onada qolish.

O'zim ishlagan sobiq jamoam "Lokomotiv-BFK"ni ilk ochkosi bilan tabriklayman. So'nggi vaqtlarda ular kuchli o'yin ko'rsatayotgandi. Mana jamoa bugun durang o'ynadi. Ularning g'alabali onlari hali oldinda. Klub bosh murabbiyi Leonid Senkevichga mavsumning qolgan qismida omad tilayman.

O'zbekiston - Urugvay? Hisob qanday bo'lishidan qati nazar jamoaga omad tilayman. Albatta, jismoniy jihatdan vatandoshlarimiz Urugvay futbolchilariga teng kela olishmaydi. Ammo bilaman, bugun Timur Kapadze futbolchilarning ochilmagan qirralarini barchaga namoyon qilib bera oladi. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman", - dedi Vohid Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика