Abduvohid Nematov: "Bunday katta o'yinda VAR yo'qligi biroz noqulaylik tug'dirdi"
07 iyu 13:18
Yangiliklar
Abduvohid Nematov: "Bunday katta o'yinda VAR yo'qligi biroz noqulaylik tug'dirdi"
"Nasaf" posboni Abduvohid Nematov "Dinamo"ga qarshi uchrashuvdan so'ng (2:2) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ikki jamoa ham bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Bunday katta o'yinda VAR yo'qligi biroz noqulaylik tug'dirdi. O'yindan oldin ham bizga VAR bo'lmasligi haqida aytishdi. Penaltini ko'rib chiqishsa kerak. Menimcha, o'sha vaziyatda penalti yo'q edi. Vaziyat mening ko'z o'ngimda sodir bo'ldi.
Hali "Nasaf"daman va hech narsa aniq emas. Stanoevich avvallari "Panenka" uslubida tepmas edi. Markoga borib: "O'rtaga tepishingni bilaman", dedim.
Birinchi davrani birinchi o'rinda yakunladik. Biz uchun yaxshi o'tdi. Ikkinchi davra ko'p narsani hal qiladi. Muhimi, biz birinchi o'rindamiz", – deya fikr bildirdi Abduvohid Nematov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar