So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  210 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  10 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

"Vodiy futboli": "Navbahor" paxta terimida, "Qo'qon-1912"ning oktyabr oyidagi o'yinlari Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Navbahor" paxta terimida, "Qo'qon-1912"ning oktyabr oyidagi o'yinlari

Namanganning "Navbahor" klubi kuni kecha paxta terimida qatnashdi.

"Qo'qon-1912": Oktyabr oyida kimlar bilan o'ynaymiz?

Ayni damda FIFA kunlari munosabati bilan Oliy liga o'yinlarida kichik tanaffus vujudga keldi. Umuman olganda, 24-milliy chempionat yakunlanishiga ham 6 tur qoldi. Bu yog'iga  har bir ochko uchun qizg'in kurash kechishi aniq. Oktyabr oyida “Qo'qon-1912” jamoasi yana to'rtta o'yin o'tkazadi. Bularning ikkitasi vodiy derbisi maqomini olgan bo'lib, har ikkala bahs ham mehmonda bo'lib o'tadi.

Avvaliga 16 oktyabr  kuni Qo'qonda chempionlik uchun kurashayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi mehmon bo'ladi.  Oradan besh kun o'tib, aniqrog'i, 21 oktyabr kuni Namanganda “Navbahor” mehmoni bo'lamiz. 25 oktyabr kuni o'z maydonimizda Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qilamiz. Nihoyat, 30 oktyabr kuni Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida “Neftchi”ga qarshi maydonga tushamiz.

Oktyabr oyida bo'lib o'tadigan o'yinlar:
25-tur
16 oktyabr (juma)
Qo'qon-1912– Lokomotiv

26-tur
21 oktyabr (chorshanba)
Navbahor – Qo'qon-1912

27-tur
25 oktyabr (yakshanba)
Qo'qon-1912– Metallurg

28-tur
30 oktyabr (juma)
Neftchi – Qo'qon-1912


"Navbahor": Futbolchilarimiz paxta terimida ishtirok etishdi

"Navbahor" klubi azolari milliy boyligimiz hisoblanmish paxta yig'im terimida ishtirok etishdi.

Namangan tumaniga qarashli dalada klub xodimlari va futbolchilar kun davomida dala zahmatkashlariga yordam berishdi.

Klubning 24 nafar azolari hashar davomida 227 kilogramm paxta terib yurtimiz xirmoniga o'z ulushlarini qo'shishdi, - deb yoziladi "Navbahor" klubi rasmiy tvitterida.


"Andijon": Abdulloh Olimov olimpiya terma jamoasidan taklif oldi

2015 yilning yanvar oyida Qatarda o'tadigan Osiyo chempionatiga Viktor Jalilov boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqda. 9-13 oktyabr oralig'ida olimpiyachilarimiz navbatdagi yig'inni o'tkazishadi.

Viktor Jalilov mazkur yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar nomini malum qildi. Etiborlisi, ushbu yig'inda qatnashish uchun “Andijon” jamoasi yarim himoyachisi Abdulloh Olimov ham terma jamoadan taklif oldi. Eslatib o'tamiz, Olimov ikkinchi davradan boshlab jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика