So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  4 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  94 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

"Vodiy futboli": Bugun vodiy derbisi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bugun vodiy derbisi

Bugun Namangan shahrida vodiy derbisi bo'lib o'tadi.
"Navbahor" va "Neftchi": Vodiy derbisiga barchani chorlaymiz

Bugun Namangandagi "Markaziy" stadionda "Navbahor" va "Neftchi" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Soat 18:00da boshlanadigan ushbu bahsni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

“Navbahor” va “Neftchi” oliy ligada 47 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 24ta o'yinda farg'onaliklar raqibni mag'lub etishgan, 12 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Yana 11ta o'yinda “Navbahor” zafar quchgan.

“Navbahor” o'z uyida tashkil etilgan uchrashuvlarning 9tasida uch ochkoni qo'lga kiritgan. To'qqiz marta g'olib aniqlanmagan. Besh bor “Neftchi” raqib maydonidan muvaffaqiyat bilan ortiga qaytgan. Namanganda bo'lib o'tgan oxirgi ikki o'yinda bir xil 1:1 hisobi qayd etilgan.

Kecha ushbu jamoalarning yoshlari o'zaro to'qnash kelishdi. Unda "Neftchi" yoshlari 1:0 hisobida zafar quchishdi.


"Andijon": Bugun "Olmaliq"qa qarshi bahs

Bugun Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadionida "Andijon" va "Olmaliq" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da start oladi.

“Andijon” hamda “Olmaliq” oliy ligada jami 13 bora to'qnash kelishgan. “Olmaliq” 7 marta, “burgutlar” 4 marta g'olib chiqqan, ikkita bahsda durang natijasi qayd etilgan.

“Andijon” o'z uyida o'tkazgan 6ta o'yinning 4tasida g'olib bo'lgan. Faqat bir marta (2012 yil) “Olmaliq” safardan g'alaba bilan qaytgan. Bitta o'yin durang bilan tugagan.

Kechagi yoshlar ligasi doirasidagi o'yinda "Andijon" 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.


"Qo'qon-1912": "Nasaf" bilan umuman durang o'ynamaganmiz

Ertaga 16 avgust kuni "Qo'qon-1912" va "Nasaf" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

“Qo'qon-1912” va “Nasaf” oliy ligada jami 11 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Qarshiliklar 7ta o'yinda g'olib bo'lishgan. “Qo'qon-1912”  hisobida 4ta g'alaba bor. Bu jamoalar hozirga qadar umuman durang o'ynashmagan.

Vodiyda bo'lib o'tgan besh o'yindan to'rttasida “Qo'qon-1912” g'alaba qozongan. “Ajdarlar” safarda bir marta (2000 yil) uch ochkoni qo'lga kiritgan. Oxirgi ikki o'yinda qo'qonliklar raqibni bir xil 3:0 hisoblari bilan taslim qilishgan.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика