Vladimir Nazarov: "Darvozabonlar o'rtasida kuchli raqobat bor"
21 apr 2024 15:05
Yangiliklar
Vladimir Nazarov: "Darvozabonlar o'rtasida kuchli raqobat bor"
"Barchaga assalomu aleykum. Birinchi navbatda o'zbek halqimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik va ishonchli g'alaba qozondik. Endi esa so'ngi bahs qoldi. Vetnamga qarshi uchrashuvda guruhda qaysi o'rinni egallashimiz hal bo'ladi. Yigitlar bugun yaxshi o'yin o'tkazishdi, men esa deyarli to'pga tegmadim. Vetnam ham ikki uchrashuvda 100 foizlik natija qayd etib kelmoqda. Ularni yaxshi o'rganib chiqib, mag'lub etamiz degan umiddaman. Ushbu musobaqada barcha kuchli jamoalar yig'ilgan va chorak finalda qaysi raqib bizga qarshi bo'lishining farqi yo'q. Darvozabonlar o'rtasidagi raqobat ham kuchli. Barcha uchta darvozabonlar asosiy tarkibdan o'rin egallash uchun kurashishmoqda" - deya fikr bildirdi darvozabonimiz Vladimir Nazarov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar