Vladimir Ejurov: "10 kishi bo'lib o'ynash oson emas"
14 sen 2022 23:22
Yangiliklar
Vladimir Ejurov: "10 kishi bo'lib o'ynash oson emas"
- O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Raqibni to'liq o'rganib chiqqandik. Haqiqatdan ham og'ir o'yin bo'ldi. "So'g'diyona"da futbol ishtiyoqi juda kuchli. Ular qattiq o'ynashadi va kichik xatodan ham raqibni jazolay oladi. Ularda sifat kuchli. SHu sababli yakkakurashlarda mag'lub bo'lmaslikni istagandik. Menimcha bu holatlar bo'yicha anchagina o'zimizga kelib olganmiz. Jamoa bunga jiddiy intilmoqda. Bahsning so'ngida biroz etiborni yo'qotdik, yaxshiki, zarbani bloklay oldik.
Birinchi bo'limda jamoa etiborni ko'proq himoyaga berdi. Ikkinchi bo'limda esa o'yin yondi, vaziyatlar ko'p bo'ldi. "So'g'diyona"ni ham to'g'ri tushunaman, 10 kishi bo'lib o'ynash oson emas. Yigitlarga bot-bot ularning bir kishi kam bo'lib turganini eslatib ham turdik. Ikki jamoa ham yaxshi vaziyatlar yaratib, ura olmaganini inobatga olsak, durang adolatli natija bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar