Vitinya: "Albatta, Ronaldu JCH-2026da o'ynaydi"
31 okt 2024 14:04
Yangiliklar
Vitinya: "Albatta, Ronaldu JCH-2026da o'ynaydi"
"39 yoshdaligiga qaramay, u hali ham terma jamoa asosiy tarkib azosi. Uning sport formasini saqlab qola olganiga izoh bera olmayman. Uning o'zi bu haqida gapirgandi va chindan ham, hammasi professionallik bilan bog'liq bo'lsa kerak. Butun faoliyati davomida, ertalab, kunduzi va kechqurun ham u mehnat qilishdan to'xtamaydi. Bu yo'lda u qancha ter to'kkani va nimalardan voz kechganini tasavvur qilish qiyin. O'ylashimcha, aynan shu jihat tufayli Krishtianu 39 yoshda ham shunday sport formasini saqlab qola olgan.
Men uchun u bilan bir jamoada to'p tepish — g'urur. Yosh bolaligimizdayoq u bilan birga to'p tepishni orzu qilardik va bu amalga oshdi. U bilan birga shuncha vaqt davomida to'p tepa olganimdan juda xursandman.
Ronaldu bo'lajak JCHda ishtirok etadimi? Albatta, u hech qaerga ketmaydi, Ronaldu mundialda ishtirok etadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar