So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Vitaliy Ni: "Yaxshi sharoitlar taklif qilinganida futbolchilarda ikkita yo'l qoladi: pul yoki sadoqat" Yangiliklar

Vitaliy Ni: "Yaxshi sharoitlar taklif qilinganida futbolchilarda ikkita yo'l qoladi: pul yoki sadoqat"

Teglar :  Vitaliy NiNasaf
"Nasaf" klubi sport direktori Vitaliy Ni "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi. Ushbu intervyuning eng asosiy qismini taqdim etamiz.

"Biz ham etakchi futbolchilarimizni olib qolishni juda xohlagandik va bu asosiy vazifamiz edi. SHartnomasi tugaganidan keyin uni uzaytirishga harakat qildik. Futbolda ko'p narsalar bor. ularning sharoitlarini yaxshilash kerak. Lekin bu birgina men, Ro'ziqul Berdiev yoki SHamil Yarulinga bog'liq emas-da. Imkoniyat bormi, unda albatta ularni olib qolish kerak. "Paxtakor"da esa imkoniyat katta. Ular o'yinchilarimizga yaxshi sharoitlarni taklif qilishdi. Bunday paytda o'yinchilarda ikkita yo'l qoladi: pul yoki sadoqat. To'g'risi, bunday masalalar haqida gapirish qiyin. Bizda moliyaviy tomonlama katta muammo yo'q. Jamoamizga yangi prezident tayinlandi. Balki endi vaziyat yaxshi tomonga o'zgarar. Lekin bizda "Paxtakor"dagi kabi imkoniyatlar yo'q.

Igor Golban hozir Rossiyada. Biz u bilan gaplashdik va og'izaki kelishuvga erishganmiz. Nasib qilsa, Golban blan shartnomani uzaytiramiz. Dragan CHeranning "Nasaf" bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Aks holda uni ham "Paxtakor" olib ketardi (kuladi).

Akmal SHorahmedov "Nasaf"ga kelib yana o'z o'yinini topgandi. Bahrom Abdurahimovni "Andijon"dan olib keldik. Ungacha uni aytarli hech kim bilmasdi. "Nasaf"ga kelib Bahrom Abdurahmov sifatida tanilib ketdi, - deydi "Nasaf" klubi sport direktori Vitaliy Ni "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика