So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Vitaliy Denisov: "Penaltini ura olmayman deb qo'rqdim" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Penaltini ura olmayman deb qo'rqdim"

Rossiyaning "Sport-Ekspress" gazetasi muxbiri O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovdan intervyu oldi.
O'zbekiston JCH-2014 saralashi doirasida Iordaniyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ydi (8:9). Suhbat ham aynan shundan boshlandi.

– Terma jamoaning muvaffaqiyatsizligini qanday qabul qildingiz?
– To'g'risini aytsam, haliyam buni unuta olmayapman. Penaltidan mag'lub bo'lish ikki karra og'ir. O'zimiz aybdormiz. Favorit edik, ammo o'yinni 11 metrli zarbalarga qadar olib bordik. Bu esa lotereya.

– Qo'shimcha bo'limlarda nima bo'ldi?
– Stadionda kutilmaganda chiroq o'chib qoldi. Aytishlaricha bosimga dosh bera olmagan kabel kuyib ketgan ekan. 15 daqiqacha muammoni bartaraf etishayotgan vaqtda biz zaxira o'rindig'i yonida murabbiyni gaplarini eshitib turdik.

– Nimaga siz zarba beruvchi 5ta futbolchi orasida yo'q edingiz?
– Men bu borada u qadar tajribali emasman. Oldin "Dnepr" safida Ukraina kubogi doirasidagi "Aleksandriya"ga qarshi o'yinda penalti tepganman. Omadsiz chiqqan. O'shandan buyon penalti tepmay qo'ygandim. Iordaniyaga qarshi o'yinda ham tepishni istamagandim, ammo 7-bo'lib borishga to'g'ri keldi.

– Va gol urdingiz.
– Butun qalbimni zarbaga joyladim! To'g'risi to'p yoniga ishonchsizlik bilan bordim, gol ura olmayman deb qo'rqdim.

– O'yindan so'ng kiyinish xonasida yig'laganlar bo'ldimi?
– Atrofga qaramadim. Atayin dush tagida ko'p turdim. O'zimga kelishga urindim.

– Mirjalol Qosimovning istefo berganini qachon bildingiz?
– Ertasi kuni do'stim aytib qoldi. O'zbekiston terma jamoasiga kim murabbiy bo'lishidan xabardor emasman.

– Terma jamoa bilan bir nechta mamlakatlarga borgansiz. Eng ekzotik joy?
– SHimoliy Koreya. Pxenyanga borganimda g'alati holatlarga duch keldim.

– Masalan?
– Stadiondagi erkaklar bir xil kulrang kostyumlarda, bolalar maktab formasida. Agar to'p koreyaliklar tushsa baqirib, qarsak chalishadi. Agar to'p bizga tushsa shunday jimlik bo'ladiki, shamolning darvoza to'rini tebratayotgani eshitiladi.

– SHaharni aylandingizmi?
Qanaqa sayr, nimalar deyapsiz?! Mehmonxonani tark etish mumkin emas edi! Aerovokzal binosidan chiqqanimda shokka tushdim.

– Nimaga?
– Atiga ikkita chiroq yoniq turgandi. Birinchisi – magazin oldida, ikkinchisi – terma jamoani kutayotgan avtobus tepasida. Bo'ldi. Atorf esa tim qorong'u edi. Aytgancha, aeroportda noutbuk, telefonlar, aypadlarni topshirdik. Hattoki pleer ni ham o'zi bilan olib yurish mumkin emasdi. Xudoga shukurki Toshkentga katta akamga telefon qila oldim. Biz tashqi dunyodan uzilib qolganimizni havotir olmasliklarini aytdim.

– Sizning otangiz, "Alaniya" va "Paxtakor"ning sobiq himoyachisi Gennadiy Denisov hamon "Olmaliq"da ishlayaptimi?
– Ha, Igor SHkviringa yordam bermoqda.


Aleksandr KRUJKOV suhbatlashdi 

Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика