Vinisius “Real Madrid”ning ijtimoiy tarmoqlardagi posti tufayli “Valensiya” bilan o'yinni boykot qilish bilan tahdid qilgan
15 mar 2024 10:29
Yangiliklar
Vinisius “Real Madrid”ning ijtimoiy tarmoqlardagi posti tufayli “Valensiya” bilan o'yinni boykot qilish bilan tahdid qilgan
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Valensiya” bilan o'yinni boykot qilish bilan tahdid qildi.
Bunga “Qirollik klubi”ning ijtimoiy tarmoqdagi posti sabab bo'lgan, bu haqida Relevo nashri malum qildi.
Manbaga ko'ra, “Real” o'yin arafasida Vinisius tushgan suratni elon qilgan, uning pastki qismida maymunning odamga aylanishidan ilhomlangan Vini Vici guruhi logotipi tushirilgan.

Bu surat Vinisiusni g'azablantirgan, u rahbariyatga “Valensiya”ga qarshi o'yinni boykot qilish bilan tahdid qildi. Futbolchi sodir bo'lgan voqea uchun bazi klub mutasaddilarini qoraladi va tushuntirish talab qildi.
SHundan so'ng, “Real Madrid” bosh direktori Xose Anxel Sanches mojaroni hal qila oldi va futbolchini o'yinda ishtirok etishga ko'ndirib, voqeaga aloqadorlarni jazolashni vada qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar