Vinisius bugun mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. U jarohat oldimi?
05 fev 2024 23:14
Yangiliklar
Vinisius bugun mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. U jarohat oldimi?
Vinisius Junior LaLiganing ketma-ket ikkinchi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
"Real" vingeri "Atletiko"ga qarshi bahsdan (1:1) avval chigilyozdi mashqlarida jarohat olgan edi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti braziliyalikning bo'ynida shikastlanish borligini aytgandi.
Bugun Vinisius mashg'ulotlarda ishtirok etmadi va faqat fizioterapevtlar oldida bo'ldi. Malumotlarga ko'ra, klubdagilar futbolchi 10 fevral kuni "Jirona"ga qarshi o'tkaziladigan bahsgacha safga qaytishiga umid qilishyapti. Hammasi futbolchining so'nggi ikki kun o'zini qanday his qilishiga bog'liq.
23 yoshli vinger joriy mavsum LaLiganing 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar