Viktor Kumikov: "SHahboz Erkinovda jarohat bor edi"
05 iyu 2022 23:21
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "SHahboz Erkinovda jarohat bor edi"
O'yin haqida
- Uchrashuv davomida ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. So'ngi zarbalarda aniqlik va sovuqqonlik etishmayapti. "Yangier"ga yaqindagina bosh murabbiy tayinlandi va jamoa ko'rsatatayotgan natijalari yomon emas. Bizda o'yin yomon emas, vaziyatlardan foydalanish borasida ozroq kamchiliklarimiz bor.
- Komilov asli himoyada o'ynardi. Bugun u hujum chizig'ida harakat qildi. Buning sababi nima?
- U aslida yarim himoyachi. Vaziyat talab etgani uchun himoyada o'ynab turgandi. Bugun u hujumda ko'proq zarur edi.
- Jamoa to'purari SHahboz Erkinov zaxirada qolganini qanday izoxlaysiz?
- Erkinov mashg'ulotda jarohat olgandi. SHu sababdan bugun uni zaxiradan maydonga tushirdik.
- "G'ijduvon" va "Yangier" jamoalari bilan qayd etilgan durang Superliga yo'llanmasi uchun imkoniyatlarni pasaytirib yubormadimi?
- Yo'q, hali oldinda vaziyatni to'g'rilash uchun etarlicha vaqt bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar