Viktor Kumikov: “Himoyadagi yagona xato va futbolchimizning chetlatilishi o'yin taqdirini hal qildi”
21 noy 2021 16:45
Yangiliklar
Viktor Kumikov: “Himoyadagi yagona xato va futbolchimizning chetlatilishi o'yin taqdirini hal qildi”
- Bugungi o'yinda xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Himoyani mustahkam ushlagan holda, hujumda imkoniyatlar yuzaga kelishini kutishimiz, raqibga bosim uyushtirishimiz kerak edi. Mudofaa chizig'idagi yagona xato va bir futbolchimizning chetlatilishi o'yin taqdirini hal qildi, - deydi Viktor Kumikov.
- O'yindan oldin raqib qay darajada o'rganilgandi?
- Barcha raqiblarni o'rganamiz. Ijrochilik mahorati ham kerak, faqatgina raqibni o'rganishning o'zi etarli emas. Umuman olganda, o'sha burchak zarbasi ijro etilgan pallada adashmaganimizda, vaziyat boshqacha tus olishi ham mumkin edi. Bir himoyachimiz to'pni o'tkazib yubordi, biri esa raqibini ko'zdan qochirdi. Bu esa o'yin taqdiriga tasir ko'rsatdi. Keyinchalik faqat durangga imkoniyat bo'ldi, ammo chetlatishdan keyin vaziyatni yanada chigallashtirdi. Aslini olganda, futbolchilarimiz kutilganidek o'yin ko'rsata olishmadi, derbida, “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda agressivlikni oshirish talab etilardi. Lekin ko'rganingizdek, kerakli darajada o'yin ko'rsata olmadik. O'yin uchun tuzgan rejalarimizda futbolchilarga aytgan narsalarimizni maydonda bajara olmadik.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar