So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  7 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  3 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  18 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  12 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Viktor Kumikov: “Andijon” bilan Superligada ettinchi o'rinni egallashni maqsad qilganmiz” Yangiliklar

Viktor Kumikov: “Andijon” bilan Superligada ettinchi o'rinni egallashni maqsad qilganmiz”

Yaqinda “Andijon” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov Qozog'istonning “SPORTS.KZ” saytiga intervyu berdi.

Murabbiy intervyu davomida klubning maqsadi va boshqa masalalar haqida fikr bildirib o'tdi. Malumot o'rnida aytish joizki, Kumikovning oxirgi jamoasi “Atirau” bo'lgan edi.


- Viktor Balyutovich karantin davrini qanday o'tkazyapsiz? Nimalar bilan bandsiz?

- Karantin boshlanganda O'zbekistonga kelgan edim. So'ng mehmonxonaga joylashdim. Na iloj taqdir shu ekan.


- Nima deb o'ylaysiz, koronavirus jahonda futbolning rivojlanishiga qay darajada jiddiy tasir qildi?

- Bu virus futbolga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Qanchalik jiddiy ekanligi karantin muddatining davomiyligiga bog'liq.


- “Atirau” jamoasi boshqaruvidan ketganingizdan so'ng katta futbolni sog'indingizmi?

- Yo'q, unchalik emas. O'zimni ishlarim bilan shug'ullandim. Mashg'ul bo'ladigan ishingiz yoki yumushingiz bo'lsa yana ham yaxshi bo'ladi.


- “Andijon” bosh murabbiyiga aylanishingiz qanday ro'y berdi?

- Ajablanarli bo'lmadi. Hammasi oddiy. Klub rahbarlari meni O'zbekistonda ekanligimdan xabar topishdi va aloqaga chiqishdi. Barcha masalalarda kelishib oldik va shartnoma imzoladik.


- Klub mutasaddilari oldingizga qanday vazifa va maqsadlarni qo'ydi?

- Hozircha katta vazifalar qo'yilmagan. asosiysi turnir jadvalining quyi o'rinlaridan joy olmaslik. Kamida ettinchi o'rinni egallashni maqsad qilganmiz. Rahbarlar jamoadagi vaziyatga real ko'z bilan qarashmoqda. Moliyalashtirishga qarab kelajakka umid bilan qarasak bo'ladi.


- “Andijon” O'zbekiston Superligasining ortda qolgan uchta turidan so'ng pastki o'rinlarni egallab turibdi. Bu sizni tashvishga solmayaptimi?

- Yo'q, aslo xavotirga tushayotganim yo'q. Jamoaning o'yinlarini ko'rdim, vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirsa bo'ladi.


- Qozog'iston chempionatidan joriy yilda takliflar bo'ldimi?

- Menga hech qanday chorlovlar bo'lmadi. Biron bir klubdan taklif olmadim.


- Agar kelajakda sizga Qozog'iston klublaridan qiziqish yoki aniq takliflar bo'lsa qabul qilasizmi?

- Taklif bo'lsa - nega yo'q deyishim kerak ekan?



Ilya CHernyatin suhbatlashdi. O'zbek tiliga Abdulaziz Iskandarov tarjimasi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика