So’nggi yangiliklar

21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  18 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13

Viktor Karpenko: "Bugun kuchli jamoa yutdi" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Bugun kuchli jamoa yutdi"

Superliganing 10-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Viktor Karpenko o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin jamoamiz uchun oson o'tmadi. Qarshidan kelib, jamoasini qo'llab-quvvatlagan muxlislarni tabriklayman. Ular yaxshi muxlislik qilishdi, bunday atmosferada futbol o'ynash yoqimli. Bunday o'yinlardan ko'proq bo'lishini istardim. Uchrashuv qiyin o'tdi, ikki jamoa vakillarida ham ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. "Nasaf"da ijrochilik mahorati bizdan ko'ra yaxshiroq bo'ldi. Vaziyatlarni yakunlash chog'ida bizga shunday jihatlar etishmadi. Bahsda kuchli jamoa yutdi.

- Jamoa ketma-ket o'z maydonida yirik hisobda yutqazmoqda. Bunday mag'lubiyat jamoada yana istefo kuzatilishiga sabab bo'lmaydimi?

- Klub rahbariyati bosh murabbiy borasida qaror chiqaradi.

- Suhrob Sultonovning zaxirada qoldirilgani sababi nimada? Zafar Safoev hali ishonchli o'yin ko'rsatgani yo'q.

- Zafar ishonchsiz o'ynagani yo'q deya olmayman. Hozir bizda paslar juda ko'p, darvozabonimiz ham doimo o'yinda. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, hozir darvozabonlar qo'ldan ko'ra, oyoqda ko'p o'ynamoqda. Mashg'ulotlarda u boshqa darvozabonlarimizdan ko'ra kuchliroq. SHunchaki bugun raqiblarda ijro mahorati ko'proq ko'zga tashlandi, birga-bir vaziyat, "to'qqizlik"ning nishonga olinishi. Agarda shunday holat uchun darvozabon almashtirilsa, har bir o'yinda shunday ish qilish kerak bo'ladi. Maydonda 11 kishi o'ynaydi, gol o'tkazilgan paytda ularning har birini ko'rib chiqish qiyin, darvozabonni esa osonlikcha ayblash mumkin. Bu erda nafaqat futbolchilar, balki, murabbiylar shtabi ham noto'g'ri ishlamoqda.

- Dastlabki bo'limda "Bunyodkor" yaxshi o'ynadi, ikkinchisida esa yomon. Buning sababi nimada?

- Dastlabki bo'lim rejasiga ko'ra, biz bo'sh xududlar ochib, ulardan foydalanishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'lim boshida esa bizda yaxshi vaziyat bo'ldi, ammo undan foydalana olmadik. Sen urmasang, senga urishadi. Uchinchi goldan keyin oldinga tashlandik, hududlarni ochib berdik va keyin... "Nasaf"ga nima kerak? Ularda tezkor futbolchilar juda ko'p, ular bundan foydalanishdi. Biz esa o'zimiz yaratgan vaziyatlarni yo'qqa chiqardik. 

- Yaxshi, jangovar o'yin uchun rahmat. Ammo hali kamchiliklar juda ko'p. Mantiqiy yakun ko'rinmayapti.

- Aytganimdek, dastlabki bo'limda rejali o'yin ko'rsatayotgandik. "Nasaf"ni mudofaada o'ynatib, jamoaning xatolaridan foydalanishni istadik. Ikkinchi bo'limda ham yigitlarga taktik to'g'ri, tartibli o'ynashni, hali vaziyatlar bo'lishini aytdik. Ular gol ura olamiz deb o'ylashdi va hujumga o'tib ketishdi. "Nasaf" uchinchi mavsumdirki o'zining tarkibini ushlab turibdi, xatto legionerlar ham asosiy tarkibda emas. Reja va golga bo'lgan tashnalik jamoamizni oldinga undadi. Bizda zaxira o'rindig'i ham juda tor. Biror futbolchini tushirish yoki olib tashlash futbolchilarga og'ir tasir ham qilmaydi. Ikkinchi bo'lim rejasidan chekinib, raqiblarga joy ochib berdik va buning jazosini oldik.

- Jarohati sababli ikki o'yinda qatnashmagan Muzaffar Olimjonov o'yin amaliyoti yaxshi bo'lmasa-da, maydonga tushdi.

- Mashg'ulotlarda barchaning holatiga yaxshilab etibor berdik. Hisob 4:1 paytida uni tushirdik va tekshirib ko'rdik. Bu yosh futbolchi uchun plyus. Uning mashg'ulotlaridan doimo hulosa chiqaryapmiz.

- "Bunyodkor"ning OCHLga chiqish uchun imkoniyati bormi?

- Imkoniyat doimo bo'lgan va buning uchun qattiq harakat qilamiz, har bir uchrashuvga yutish uchun tushamiz. Agarda barchasi yaxshi ketsa, yuqori o'rinlar uchun kurasha olamiz. Hozirda chempionat yaxshi ketmoqda, hech kim katta farq bilan oldinga o'tib ketgani yo'q. Barchasi o'zimizga bog'liq, jamoani yaxshi tayyorlasak, maqsadimizga etamiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика