So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

Viktor Karpenko: “2017 yilgi CHempionlar ligasini munosib yakunlab qo'ymoqchimiz” Yangiliklar

Viktor Karpenko: “2017 yilgi CHempionlar ligasini munosib yakunlab qo'ymoqchimiz”

“Al-Ayn” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ishtirok etishdi.

Unda bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenkoga yarim himoyachi Otabek SHukurov hamroxlik qildi.


- Viktor Karpenko: Avvalo, bizni iliq kutib olishgani uchun “Al-Ayn” klubiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Raqibimiz Osiyoning bugungi kundagi eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Buni ular keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal etib, isbotlab qo'yishdi. Lekin biz raqibni hurmat qilsak-da, ularga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz. Umuman olganda, g'alaba uchun maydonga tushamiz. Har qanday jamoa o'yindan oldin g'alaba qozonish haqida o'ylaydi. Qolgani maydondagi kurashdan keyin malum bo'ladi. “Bunyodkor”ning bugungi holatdagi eng asosiy etibori ichki musobaqalarga qaratilgan. Biroq 2017 yilgi Osiyo CHempionlar ligasini ham munosib yakunlab qo'ymoqchimiz. Ertaga klubimiz obro'si uchun kurashamiz.  Barqaror o'yin ko'rsatib, hamjihatlikda harakat qilsak maqsadimizga erishamiz. “Al-Ayn”ning kuchli va kuchsiz jihatlarini o'rganib chiqdik. O'z navbatida raqib ham bizni kuzatgani tabiiy. O'ylashimcha, ertaga imkoniyatlardan oqilona foydalangan jamoa g'alaba qozonadi, - deydi Viktor Karpenko.


- “Al-Ayn” juda kuchli raqib. SHunday bo'lsa-da, g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p. Lekin tajribali raqiblarimizdan cho'chimagan holda kurashga tayyormiz, deya olaman.  Ertangi uchrashuv natijasi ikkala jamoa uchun ahamiyatsiz bo'lsa-da, baribir o'rtada xalqaro uchrashuv degan maqom bor. Ortimizda bizga ishonch bildirayotgan muxlislarimiz bor. Vatanimiz shani, klubimiz obro'si uchun to'p tepamiz, - deydi Otabek SHukurov.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика