"Vest Xem" Potter o'rniga Lempardni tayinlashi mumkin. Hozirda mutaxassis Chempionshipning "Koventri" klubida ishlamoqda
18 sen 2025 19:05
Yangiliklar
"Vest Xem" Potter o'rniga Lempardni tayinlashi mumkin. Hozirda mutaxassis Chempionshipning "Koventri" klubida ishlamoqda
"Vest Xem" Grem Potter o'rnini Frenk Lempardga bo'shatib berishi mumkin.
Football Insider xabariga ko'ra, London klubi bunday imkoniyatni o'rganmoqda.
Lempard hozirda Chempionshipning "Koventri" klubini boshqarmoqda. Jamoa o'tgan mavsumda jadvalning quyi yarmidan ko'tarilib, beshinchi o'rinni egallagan edi.
Qayd etilishicha, murabbiy hozirgi klubdagi vaziyatdan mamnun, ammo Premer-ligadan taklifni ko'rib chiqadi.
"Vest Xem" APL joriy mavsumida 4 o'yinda 3 ochko jamg'arib, 18-o'rinni egallab turibdi. Potter klubni 2025 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lempard "Vest Xem" safida Premer-liga o'yinchisi sifatida 1996 yilda debyut qilgan. U klub safida barcha musobaqalarda 187 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar