Velko Filipovich: "O'zbek futboli haqida oldin juda ko'p eshitganman. Bu erda futbolchilar tezkor va tajovuzkor harakat qiladi"
09 fev 13:35
Yangiliklar
Velko Filipovich: "O'zbek futboli haqida oldin juda ko'p eshitganman. Bu erda futbolchilar tezkor va tajovuzkor harakat qiladi"
- Velko, sizni "Buxoro" jamoasi tarkibida ko'rib turganimizdan xursandmiz. Bungacha Tailand chempionatida 5 yil davomida yuqori saviyada to'p tepdingiz, jamoamizga qo'shilish varianti sizda qanday paydo bo'ldi?
- O'zbekiston Superligasida harakat qilgan bir necha do'stlarim bor edi. Ularning barchasi chempionat saviyasi yuqori ekanligini takidlab o'tishdi. Agentim orqali taklif kelib tushgach, o'zimni "Buxoro" jamoasida sinab ko'rishga qaror qildim.

- O'zbekiston chempionatida birinchi marta ishtirok etasiz. Yurtimiz va o'zbek futboli haqida sizda qanday malumotlar bor edi?
- Albatta, o'zbek futboli haqida oldin juda ko'p eshitganman. Bu erda o'yin surati juda yuqori, uchrashuvlarda juda ko'p masofa bosib o'tiladi, futbolchilar tezkor va tajovuzkor harakat qiladi. Shuningdek, qarshi hujumlarda jamoalar yaxshi harakat qilishi haqida eshitdim.
- Hozirgi kunda "Buxoro" jamoasi bilan Antaliyadagi mashg'ulotlarda ishtirok etyapsiz, 3 ta o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushdingiz. Jamoa haqida dastlabki tassurotlaringiz qanday?
- Jamoada mehnatkash futbolchilar jam bo'lishgan. Biz hali ham bir-birimizni yaxshiroq o'rganishga harakat qilyapmiz, klubdagi barcha meni juda yaxshi qabul qildi. Maydonda tobora yaxshilanib borayotganimizni his qilyapman.

- Klub va muxlislar legioner futbolchidan har doim ko'p narsa kutishadi. Boisi, sizga bo'lgan ishonch va masuliyat katta...
- Albatta, menda legioner futbolchi sifatida o'ynash tajribasi bor. Menda qanday masuliyat borligini his qilib turibman. Har doim yangi chaqiruvlar va qiyinchiliklarga tayyorman.
- Jamoa himoya chizig'ida Sardor Qulmatov, Xurshid Muxtorov kabi tajribali mahalliy futbolchilar va undan tashqari hamyurtingiz Mladovich ham to'p tepadi. Himoyadagi raqobat haqida qanday fikrdasiz?
- Ha, raqobatlashish oson bo'lmaydi, lekin futbolchi sifatida siz bundan foyda olasiz. Raqobat bor joyda har doim o'sish bo'ladi. Atrofingizda nimanidir o'rganishingiz mumkin bo'lgan futbolchilar bo'lishi har doim yaxshi.

- Yangi mavsum oldidan buxorolik muxlislarga tilaklaringiz...
- Barcha muxlislarimizni 1-tur uchrashuviga chorlab qolamiz, muxlislar qo'llab-quvvatlashi har doim muhim bo'lgan. Maydonda chiroyli o'yin namoyish etib, g'alabalar bilan ularni xursand qilish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar