Valverde: "Kulmayman"
29 okt 2018 00:50
Yangiliklar
Valverde: "Kulmayman"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"ga qarshi uchrashuvdan keyin Xulen Lopetegi borasida gapirdi.
"Bunday holatda bo'lganman va uni tushunib turibman. Juda qiyin. Har doim ishlar yomon bo'lganida murabbiy nishonga olinadi.
Bu futbol. Bu spektakl, biz esa buning ichidagi odamlarmiz. Lopetegi bilan bo'layotgan holat ikki-uch haftadan keyin menda ham bo'lishi mumkin. To'p qaysar narsa, u bizni har doim xavf ostiga qo'yadi.
Xulenga yaxshi tilaklarni tilayman. U yomon holatda, shu boisdan kulmayman. Men uchun istefo hamisha adolatsizlik bo'lgan", - dedi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar