So’nggi yangiliklar

17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 17:00Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  3 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   25

Vadim SHodimatov: “Qozonda bori cho'michga chiqadi” Yangiliklar

Vadim SHodimatov: “Qozonda bori cho'michga chiqadi”

“Bunyodkor”- “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Vadim SHodimatov ishtirok etdi.
– Bugungi o'yin haqida nima deyishim mumkin. Qozonda bori cho'michga chiqadi, deyishadi. Bor gapim shu.

– Mavsumdagi so'nggi uchrashuvda shogirdlaringiz boshqacha ishtiyoq bilan to'p surishlari lozim edi. Har holda bu o'yinga qo'qonlik muxlislar ham tashrif buyurishgandi.

– Bu savolni izohsiz qoldiraman.

– Bugungi uchrashuvda jamoangizdagi qaysi futbolchini eng yaxshisi deb atagan bo'lardingiz?

– Hech qachon hech kimni alohida ajaratishni yoqtirmayman. Futbol jamoaviy o'yin shunday ekan g'alabada ham, mag'lubiyatda ham hammaning hissasi bor.

– “Qo'qon-1912” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlaydi. Jamoada qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkin?

– Rejaga ko'ra, futbolchilar 12 dekabr kuni yig'ilishadi. Lekin qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi borasida hozir aniq bir narsa deyishim mushkul. Barchasi klub rahbarlarining qaroriga bog'liq.

– Vadim aka sizga katta rahmat. Sog'liq salomatlik tilaymiz.

– Hammani mavsum yakuni bilan tabriklayman. OAVni o'z o'rni bor. Aynan sizlar tufayli futbolimiz yortirib borilmoqda. Kelajakda ham futbolimizni yoritib borishingizga shubham yo'q. Sizlar bilan o'yinlarimiz va mashg'ulotlarimizni tahlil etishlaringda hamkorlik qilishga tayyorman. Yana takror aytaman faqat tahlil qilishda hamkorlik qilaman. Lekin nojuya tanqidlardan foyda yo'q deb o'ylayman.
Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика