Vadim CHemirtan hozir qaerda?
14 may 2021 19:12
Yangiliklar
Vadim CHemirtan hozir qaerda?
2016 yilning yozida Vetnamdan "Buxoro" tarkibiga kelib qo'shilgan Vadim CHemirtan 2-davradagi o'yinlari bilan o'ziga xos "shok" hosil qilgandi.
Buxoroliklar tarkibida 11 o'yinda 8 gol urgan moldovalik o'yinchi kelasi mavsumni Toshkentni "Bunyodkor" klubi safida o'tkazdi, ammo o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata bilmadi. 2018 yilni AGMKda boshladi, mavsum o'rtasida "Buxoro"ga qaytdi. Biroq, O'zbekiston chempionatida debyut mavsumidagi natijalarini takrorlay olmagan CHemirtan 2019 yilning qishida yurtimizni tark etdi.

Malumot uchun, 1987 yilda tug'ilgan futbolchi ayni paytda o'z yurtida Tiraspolning "Dinamo-Avto" jamoasi sharafini himoya qilyapti. U so'nggi bor joriy yilning 24 fevral kuni raqiblari darvozasiga yo'l topa olgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar