Vadim Abramov: "To'pni raqibga topshirib, ular nima qila olishini kuzatdik"
30 mar 04:10
Yangiliklar


Vadim Abramov: "To'pni raqibga topshirib, ular nima qila olishini kuzatdik"
"O'yinni hamma ko'rdi, shuning uchun maydonda nima ro'y berganini takroran aytib berish manosiz. O'yin oldidan tarkib bilan bog'liq muammolarimiz bor edi, chunki kichik tanaffus bizga tasir qildi. To'rt nafar markaziy himoyachimiz jamoaga yordam bera olmadi, shu sababli Stanoevichni markaziy himoyachi poziciyasiga ko'chirishga majbur bo'ldik. Undan minnatdorman, chunki u birinchi marta bu poziciyada o'ynadi va o'z vazifasini yaxshi uddaladi. Shu sababli, biz o'yinga taktika tanlashda muammolarga duch keldik. O'yinga kelsak, "Paxtakor" o'yindan tashqari holatidan gol urdi, ammo undan tashqari boshqa vaziyatlarga ega bo'lgani yo'q. Biz qarshi hujumda yana bir nechta gol urish imkoniyatiga ega edik. Chempionat endigina boshlandi, "Paxtakor" hali o'z ochkolarini to'plab oladi deb o'ylayman" - deya fikr bildirdi Vadim Abramov o'yin yakunlangach.
- Paxtakorning o'yini haqida umumiy fikringiz qanday? "Paxtakor"ga qarshi himoyalanish qanchalik qiyin bo'ldi?
- Biz markaziy himoyachilar bilan bog'liq muammolar tufayli taktikamizni biroz o'zgartirdik, to'pni raqibga topshirib, ular nima qila olishini kuzatdik, lekin ular bugun deyarli hech narsa taklif qila olmadi. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik bor edi, lekin ularning hujumlari xavfli bo'lmadi. "Paxtakor"ning asosiy hujumchisi bugungi bahsda ishtirok etmagani o'z so'zini aytgan bo'lishi mumkin.
- Motivaciya haqida nima deysiz? "Paxtakor"dek raqibga qarshi o'ynash jamoangizga biroz bo'lsa ham qo'shimcha motivaciya berdimi?
- Har bir jamoa etakchilarga qarshi o'ynaganda o'zini ko'rsatishni xohlaydi, lekin biz bu o'yinni alohida bir reja qabul qilganimiz yo'q. Har bir turda g'alaba uchun maydonga tushamiz, bu oddiy holat. Keyingi turda ham grand jamoa bilan to'qnash kelamiz.
- Bugungi g'alabadan so'ng jamoa qo'shimcha rag'batlantiriladimi?
- Yo'q, albatta. Bu bahs kuzda bo'lganida, yoki musobaqa jadvaliga jiddiy tasir o'tkazganida qo'shimcha moliyaviy rag'batlantirish haqida o'ylab ko'rishimiz mumkin bo'lar edi. Superliga endi boshlandi-ku.
- Menga "Dinamo" asosan qarshi hujumlarda yaxshi o'ynaydigan jamoadek tuyulmoqda. Ushbu fikrga qanchalik qo'shilasiz?
- Men jurnalistlar bilan muloqot qilishda qiynalaman. Bunga qadar bizni hujumkor jamoa deya tasvirlashardi, endi esa qarshi hujumda o'ynaydigan jamoa bo'lib qolibmiz. Biz raqibga qarab taktika tanlaymiz. Bugungi o'yinda raqibga to'pni berib, qarshi hujumga chiqishni maqsad qildik. Biz doimo hujumkor o'ynashga intilamiz. Markaziy himoyachilarning yo'qligi sababli shunday qaror qabul qildik. Ochiq zonalar bo'lganda tezroq hujum qilishga intildik.
- Marko Stanoevichning o'yini haqida fikr bildirib o'tsangiz. Amaldagi chempion "Nasaf" Markoning yoshi katta ekanligi sababli u bilan shartnomani uzaytirmadi...
- Biz kimni xarid qilayotganimizni bilardik. Stanoevich jamoa lideri va tajribali futbolchi.
- Stanoevichning yoshi sizni xavotirga solmadimi?
- Men futbolchining yoshiga etibor bermayman. Agar, 16 yoshli yigitcha maydonda foyda keltirsa, u mening jamoamda asosiy tarkibdan o'rin oladi. Men pasportga qaramayman. Yoshi katta futbolchi, yoshroq o'yinchilardan yaxshiroq o'ynasa u maydonda bo'ladi. Futbolchining yoshi uning ayoli uchun ahamiyatli bo'lishi mumkin, ammo menga emas.
- Bugun jamoa safida debyut qilgan futbolchilar haqida ham gapirib o'tsangiz? Aloho'jaev, Ibrohimov va Safarov bugungi uchrashuvda debyut qilishdi.
- Ular haqida bir narsa deyish qiyin, sababi ular o'yin so'ngida maydonga tushishdi. Hali fikr bildirishga erta, endigina uchinchi turdamiz. Katta vadalar berib qo'ysak, bizdan katta narsalar kutiladi. Samarqanddan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat. Bugun ularni xursand qila oldik.
- Jamoangizning hujumdagi realizaciyasi haqida fikr bildiribo'tsangizi. Sababi "Dinamo" bugun qarshi hujumlarda bir nechta yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Mirjahon Mirahmadov esa ikkinchi bo'limning 70-daqiqalaridan so'ng charchab qolgandek ko'rindi...
- Mirahmadov ko'p vaziyatlar "qora ish"ni bajardi. Himoyachilarga yordam berdi va yakkakurashlarda ishtirok etdi. Umuman olganda, o'yinimizdan qoniqdim. Hozir g'alaba hissiyotidan barcha xursand. Biroz vaqt o'tganidan so'ng o'yinni tahlil qilib, qaerda qanday xato qilganimizni ko'rib chiqamiz.
- Oybek O'rmonjonovning o'yiniga baho berib o'tsangiz. Nazarimda, u juda yaxshi o'yin o'tkazdi.
- O'yinga yaxshi qo'shilib ketdi va juda aktiv bo'ldi. "Paxtakor"da Alijonov maydonga tushganda, biz Anvarni narigi qanotga o'tkazdik va O'rmonjonovga Alijonov zararsizlantirish vazifasini yukladik. U o'z ishini yaxshi uddaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
PAXTAKOR YUTIB QO'YSA EDI DINAMO 1 OY XO'RLANARDI.QANI ADMINLAR NEGA JIMSIZLAR