So’nggi yangiliklar

22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  1 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 21:44АПЛ. "Челси" - "Астон Вилла" учрашуви асосий таркиблари маълум!  1 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  11 20:52Ван Дейк "Вулверхэмптон"га қарши ўйиндан олдин Жотанинг фарзандлари билан майдонга тушди  3 20:24Пеп Гвардиола: "Байрамда йиғилган барча ортиқча вазн шу ўйинда ташланди"  1 19:55"Реал" Себальоснинг ўрнига 60 млн евролик футболчини сотиб олиши мумкин  3 19:39FUTSAL AWARDS – 2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди  0 19:27АПЛ. Шеркининг 83-дақиқада урган голи "Ман Сити"га меҳмонда "Ноттингем Форест" устидан ғалабани тақдим этди, "шаҳарликлар" турнир жадвалида биринчи ўринга чиқиб олишди  20 19:02"Ал Насср" — "Ал Оҳдуд". Таркиблар маълум  0 19:00"Арсенал" — "Брайтон". Таркиблар маълум  4 18:21“Барселона” “Манчестер Сити” марказий ҳимоячисига кўз тикди  2 17:59Расман: “Нефтчи” Баҳодирхонов, Шокиров ва Жумаевни ўз сафига қўшиб олди  15

Vadim Abramov: "Superligada jamoalar sonini oshirish lozim. Bu esa menga bog'liq emas" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Superligada jamoalar sonini oshirish lozim. Bu esa menga bog'liq emas"

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Nima ham deyishim mumkin. Hamma o'yini ko'rdi va men bu o'yin haqida gapirishim qiziq emas. Undan ko'ra savollarga javob berganim maqul. O'yin? Juda zerikarli bahs bo'lgani sababli nimadir gapirishga so'z ham yo'q",-deydi Abramov. 

- Bugun ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'lim juda zerikarli bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa har ikki jamoa ham faollashdi. Bu "Dinamo"ning o'yin uchun ishlab chiqqan taktikasimidi?

- Sizga ikkinchi bo'lim ko'proq yoqdimi? Umuman olganda, bugungi bahs uchun o'z rejamiz bor edi. Biz mezbonlarning qanday o'yin ko'rsatishlarini bilar edik. SHu sababli, birinchi bo'limda himoyada yaxshi harakat qilib, ikkinchi bo'limda ko'proq hujum qilishni reja qilgandik. Biroq ayni vaqtda zaxiramizda o'yinchilar etarli bo'lmagani uchun qiynaldik. Birinchi o'tkazib yuborgan gol rejalarimizni "buzib tashladi". Keyin kerak bo'lmagan penalti hisobni oshirilishga sabab bo'ldi. To'g'ri tushuninglar, ayni vaqtda biz 0:2 dan chiqib ketadigan jamoa emasmiz. Hozirgi tarkib bilan bunday natijaga erishib bo'lmaydi.

- Odatda o'rtacha Superligada qolish uchun jamoalar 26 ochko to'plashi lozim. Ayni vaqtda esa «Dinamo»da bu deyarli imkonsiz bo'lib qolmoqda. Kelasi yil uchun rahbariyatning rejalari qanday?

- Men bu haqida avvalroq ham aytgandim, menimcha siz bu haqida bilsangiz kerak. Umuman olganda aslida bu meni fikrim ham emas edi. Men boshqa murabbiylarning fikrlariga qo'shilgandim. Menimcha, O'zbekiston uchun 14 ta jamoa kamdek. Yil davomida 26 ta o'yin bu juda kam. Bizning iqlimda bundan ko'proq o'yin ko'rsatish mumkin, maydonlarimiz ham hozirda javob beradigan holatda. SHuningdek, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatning bosh jamoalari ham Superligada ishtirok etishga haqlilar deb o'ylayman. Meni fikrim jamoalar sonini oshirish lozim! Bu esa menga bog'liq emas.

- Yil yakunida kim chempion bo'ladi?

- Doimgidek kuchli jamoa chempion bo'ladi. Har uch jamoa ham chempionlik uchun kurashmoqda. Men buni aniq ayta olmayman.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика