So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Vadim Abramov: "Navbahor" va "Paxtakor" ikkinchi o'rinni olishdimi? Agar bilganimda ikkinchi o'rinni olgan bo'lardik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Navbahor" va "Paxtakor" ikkinchi o'rinni olishdimi? Agar bilganimda ikkinchi o'rinni olgan bo'lardik"

"Dinamo" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-tur o'yinidan (3:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vadim Abramov: "Biz eng yaxshi formamizda emasmiz, shu sababli xavfsirab turgandim, ammo yigitlardan minnatdorman. Ular kuchini ishga solishdi, omadimiz ham keldi. Ularning darvozaboni xatoga yo'l qo'ydi. Umuman olganda bugun ikkita teng jamoa to'qnash keldi. "Lokomotiv" yaxshi jamoa, ular to'g'ri o'ynashyapti, qiyinchilikka uchradik".

- Tarkibdagi rotaciya haqida nima deya olasiz?

- Bizda o'yinlar juda kam. Tarkibimizda maydonga tushmaganla bor. Kimga ishonish mumkinligini aniqlash uchun ularni sinovdan o'tkazdik.

- Bu Bahodir Valievning birinchi o'yinimidi?

- Ha, birinchi o'yini. Ko'p harakat qildi, hammasi o'xshamagan bo'lsada katta hajmdagi vazifani bajardi. Undan minnatdorman.

- Bugun yigitlaringiz vazifalarni to'liq bajarishdimi yoki kamchiliklar kuzatildimi?

- Hozir yaxshi formada emasmiz. Yanada ishonchliroq harakat qilishlarini xohlayman. Har bir jamoa raqib unga qanday imkon berishiga qarab o'ynaydi.

- Muxlislar bugun Akmal Kozimov va Erkin Boydullaevlarni kutishgandi...

- Qaydnomaga 20 kishini kiritish mumkin, shu sababli ularni qo'sha olmadik. Imkoni boricha hozir jamoaga yordam bera oladiganlarni tarkibga kiritdik.

- Endi futbolchilarni transferi ustida ishlaysizmi? Tarkibda kuchli shogirdlaringiz bo'lishini xohlardik.

- Birinchi davrada yana 2ta o'yin bor, shundan so'ng futbolchilarni ko'rib chiqamiz. To'g'ri, yaxshi shogirdlarim bor, ammo ular Pro ligada o'ynashni xohlashmayapti. Grigalashvili bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildik.

- 2005 yilda "Traktor" bilan O'zbekiston Kubogi finaliga chiqqansiz, keyin "Lokomotiv" bilan kubokni qo'lga kiritgansiz. "Dinamo" bilan bu ishni takrorlay olasizmi?

- Hammasi yaratganning irodasi bilan sodir bo'ladi. Ko'ramiz, hozir bir narsa deyish qiyin, endigina guruhdan chiqdik.

- Keyingi bosqichda qaysi jamoaga qarshi o'ynamoqchisiz?

- Kuchsizroq raqib bo'lishini. Buni barcha murabbiy istaydi. Ammo kim tushishidan qatiy nazar qiziq bo'ladi. Muxlislarni maydonga chorlay oladigan jamoa bo'lsa yaxshi bo'lardi.

- "Navbahor" tushsachi?

- Agar "Navbahor" bo'lsa... "Navbahor" o'zbek futbolining flagmani. Hozirdanoq "qaltirayapmiz". Namangan klubi va "Paxtakor" ikkinchi o'rinni olishdimi? Agar bilganimda ikkinchi o'rinni olgan bo'lardik.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика